• Gastro qoʻllanma

    Bizning oshpazlar

    Maslahatlar

    Retseptlar

  • Borjomi bilan taomlar

  • ENG

Shirin-achchiq sousli zanjabilli dorado

Brend-shef Tornike Saxvadze Milan shahridagi "Ground 84" deb nomlangan bistroga taklif qiladi.


"Men bu sohada qariyb 8 yildan beri ishlayman. Mening birinchi ish joyim "Akademiya" launj-restorani bo‘lib, u yerda men noldan boshlaganman.  Tez orada men shef Georgiy Sarajishvilining su-shefi bo‘ldim, u bilan hozir ham turli loyihalarda birga ishlaymiz.

 

Faoliyatimdagi eng uzoq davr "Brotmayster" kompaniyasi bilan bog‘liq. Bu men ijrochi shef bo‘lib ishlagan birinchi tarmoqli kompaniyasi.

 

Hozirgi kunda asosiy faoliyatim — bu ovqatlanish obyektlariga maslahat berish, taomnoma tuzish, oshxonani tashkil etish va keyinchalik nazorat qilish, mahorat darslarini o‘tkazishdan iborat. Kelajakda gruzin oshxonasini xorijda targ‘ib qilishni rejalashtirganman.

Shirin-achchiq sousli zanjabilli dorado

Tayyorgarlik vaqti

0-30 daqiqa

Qiyinchilik

Oʻrtacha

kkal

250-500

Taom turi

Asosiy taom

Borjomi mineral suvi
Borjomi mineral suvi

Mos tushadi

Borjomi mineral suvi

Tornike  Sakhvadze

Retsept muallifi

Tornike Sakhvadze

Shirin-achchiq sousli zanjabilli dorado

Ingredientlar

Porsiyalar :

1

Zanjabil

10 gr

Shirin chili sousi

35 ml

Saperavi sharobi

10 ml

Soya sousi

5 ml

Sarimsoq

2.5 gr

Shakar

2.5 gr

Kashnich ildizlari

2.5 gr

Dorado

200 gr

Panko

40 gr

Kartoshka kraxmali

25 gr

Tuxum

1 dona

Tuz

1 gr

Murch

1 gr

Yog'

150 ml

Qadam

droplet

1

chef

Sous tayyorlash uchun Saperavi sharobini qaynating, shuningdek, zanjabil va sarimsoq piyozni mayda to‘g‘rang. Issiq sharobga zanjabil, sarimsoq piyoz, chili sousi, soya sousi, shakar va to‘g‘ralgan kashnich ildizini qo‘shing. Yaxshilab aralashtiring, so'ngra, sovuting.

Qadam

droplet

2

chef

Doradoni tozalang, so'ng laxmini ajratib oling. Baliqning umurtqa pog‘onasini kartoshka kraxmaliga belab, qovurib oling. Tuxumni biroz ko‘pirtiring, tuz va murch qo‘shing. Baliq laxmini o‘rtacha kattalikdagi bo‘laklarga bo‘ling. Tuxumga botirib oling, so‘ngra pankoga bulang va bu harakatlarni ikki marta takrorlang. Uy sharoitida laxmni frityurda yoki chuqur kastrulda qovurib oling.

Taom bezagi

droplet

3

chef

Taomni sous bilan birga dasturxonga torting.

Comments

Most Recent

Navigation

  • Gastro qoʻllanma
  • Borjomi bilan taomlar

Links

  • Become a Borjomi distributor
  • Feedback

Developed By Leavingstone

Developed By Leavingstone