• Gastro qoʻllanma

    Bizning oshpazlar

    Retseptlar

  • Restogid

    Restoranlar

  • Borjomi bilan taomlar

IDS BORJOMI VEB-SAYTLARI FOYDALANISH QOIDALARI

16/06/2025dan amal qiladi.

Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash shartlari

Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash shartlari

IDS Borjomi foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini ushbu hujjatda belgilangan qoidalar va doirada to‘playdi hamda qayta ishlaydi. Bu veb-saytlar va mobil ilovalarga tegishli kirishni ta’minlash, shuningdek, foydalanuvchilarga IDS Borjomi mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish maqsadida amalga oshiriladi.

Ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash shartlarini hisobga olgan holda, IDS Borjomi bilan bog‘liq turli kompaniyalar foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini nazorat qiluvchilar va qayta ishlovchilar bo‘lishi mumkin. Nazoratchi va/yoki ma’lumotlarni qayta ishlovchi kompaniya haqida ma’lumot olish uchun IDS Borjomi ma’lumotlarni himoya qilish xizmatiga privacy@borjomi.com manzili orqali tegishli so‘rov yo'llang (javob faqat so‘rov yuborgan shaxsga nisbatan taqdim etiladi).

IDS Borjomi quyidagi toifadagi shaxsiy ma’lumotlarni to‘plamaydi va qayta ishlamaydi: irqiy va etnik kelib chiqishi, siyosiy qarashlari, diniy va falsafiy e’tiqodlari, siyosiy partiyalar va/yoki kasaba uyushmalariga a’zoligi, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilganligi, sog‘lig‘i, jinsiy hayoti va jinsiy yo‘nalishi, biometrik va genetik ma’lumotlar, shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa maxsus toifadagi shaxsiy ma’lumotlar.

IDS Borjomi IDS Borjomi faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda amaldagi qonunchilikka (Gruziya qonunchiligi, shuningdek, GDPR Reglamentiga muvofiq) muvofiq shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.

Kontakt ma'lumot

Shaxsiy ma’lumotlarni himoyalashga tegishli bo'lgan barcha savollar yuzasidan IDS Borjomi ma’lumotlarni himoyalash xizmatiga privacy@borjomi.com manzili orqali murojaat qiling

IDES Borjomi tomonidan to'planadigan va qayta ishlanadigan shaxsiy ma’lumotlar toifalari, qayta ishlashdab maqsadlar va qonuniy asoslar

IDS Borjomi shaxsiy ma’lumotlarini olish va qayta ishlashning hajmi, usuli, maqsadi hamda qonuniy asoslari foydalanuvchining IDS Borjomi veb-saytlari/mobil ilovalaridan qanday foydalanishiga, shuningdek, so‘ralgan xizmatlarning hajmiga qarab farqlanishi mumkin.

Agar veb-sayt foydalanuvchining fikr-mulohazalarini yoki hisob qaydnomasi (akkaunt) yaratishni, jumladan, bloglar, forumlar va maqolalarda fikr bildirishni talab qilsa, IDS Borjomi quyidagi shaxsiy ma’lumotlarni to‘playdi va qayta ishlaydi:

  • Ism, familiya, elektron pochta manzili, mobil telefon raqami;
  • Veb-sayt/mobil ilovadagi hisob qaydnomasi ma’lumotlari (foydalanuvchi nomi va parol).
  • Foydalanuvchilar tomonidan o‘chirib tashlangunga qadar bloglar, forumlar va maqolalarda qoldirilgan izohlar;
  • Cookie-fayllar va ular yordamida veb-sayt/mobil ilova orqali to‘plangan ma’lumotlar.
  • Foydalanuvchilar tomonidan ixtiyoriy ravishda taqdim etilgan boshqa ma’lumotlar

Ma'lum bir tovarni sotish taklif qilingan va buning uchun bank to‘lov kartalari va ularning ma’lumotlaridan (karta egasining ismi, karta raqami, kartaning amal qilish muddati va CVV-kodi) foydalanish talab qilingan hollarda, IDS Borjomi bunday ma’lumotlarni to‘plamaydi, qayta ishlamaydi va saqlamaydi. IDS Borjomi maxsus to‘lov provayderini (odatda, bank muassasasining onlayn terminali) jalb etadi, u bunday shaxsiy ma’lumotlarni faqat onlayn xarid qilish jarayonida to‘lovni amalga oshirishni ta’minlash uchun qayta ishlaydi.

IDS Borjomi, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlar toifasiga kirmaydigan anonim ma’lumotlarni ham to‘playdi (ular asosida foydalanuvchini aniqlash imkonsiz). Anonim ma’lumotlar jamlangan holda to‘planadi va qayta ishlanadi, ulardan marketing tadqiqotlarini o‘tkazish maqsadida foydalaniladi.

IDS Borjomi foydalanuvchilari tomonidan veb-saytlar/mobil ilovalardan foydalanish orqali shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash uchun quyidagilar huquqiy asos hisoblanadi:

  • Shaxsiy ma’lumotlarni to'plaish va qayta ishlashga rozilik;
  • IDS Borjomi shartnoma majburiyatlarini bajarish;
  • IDS Borjomi'ga nisbatan qo‘llaniladigan qonun hujjatlarida belgilangan talablarni bajarish;
  • IDS Borjomi'ning qonuniy manfaatlari.


IDS Borjomi veb-saytlari/mobil ilovalari foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari quyidagi maqsadlarda olinadi va qayta ishlanadi:

  • IDS Borjomi veb-saytlari/mobil ilovalarida foydalanuvchi hisob qaydnomalarini yaratish;
  • IDS Borjomi veb-saytlari/mobil ilovalariga foydalanuvchilarning kira olishlarini ta’minlash;
  • IDES Borjomi tovarlari va xizmatlari uchun buyurtmalarni rasmiylashtirish, bu kabi buyurtmalarni boshqarish, shuningdek, IDES Borjomi tovarlari va xizmatlarini yetkazib berish — (agar shundaylar mavjud bo‘lsa);
  • IDS Borjomi mahsulot va xizmatlari haqida moslashtirilgan ma’lumotlarni taqdim etish maqsadida foydalanuvchilarning afzalliklarini aniqlash;
  • IDS Borjomi mahsulot va xizmatlari bo‘yicha qidiruv va axborot so‘rovlariga javoblarni taqdim etish;
  • So‘rovnomalar, promoaksiyalar va sodiqlilik dasturlarini o‘tkazish;
  • IDS Borjomi mahsulot va xizmatlari yangiliklariga obuna bo‘lishni boshqarish;
  • Veb-saytlar/mobil ilovalarda fikr-mulohaza shakllaridan foydalanish;
  • Elektron pochta va ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lumot almashish imkoniyatini ta’minlash;
  • IDS Borjomi mahsulot va xizmatlarini takomillashtirish maqsadida marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va tendensiyalarni tahlil qilish;
  • IDS Borjomi veb-saytlari/mobil ilovalarining ishlashini optimallashtirish;
  • IDS Borjomi mahsulot va xizmatlari haqida ma’lumot berish (yangiliklar, promoaksiyalar va boshqa marketing tadbirlari haqida ma’lumot);
  • Forumlar, bloglar, maqolalar va boshqa ijtimoiy platformalarning ishlashini ta’minlash.

Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash va qayta ishlash IDS Borjomi veb-sayti/mobil ilovasidan foydalanish hamda tovar va xizmatlarni olish uchun zarur shart hisoblanadi.

Veb-saytlar/mobil ilovalarga kirish uchinchi shaxslar tomonidan boshqariladigan ijtimoiy tarmoqlar orqali amalga oshirilishi mumkin (veb-sayt/mobil ilovaning funksionalligi va uning ichki xususiyatlariga qarab). Ushbu imkoniyatdan foydalangan holda, foydalanuvchi IDS Borjomiga tegishli ijtimoiy tarmoqning ichki sozlamalarida belgilangan hajmda shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqini berishga rozilik bildiradi.

Shaxsiy ma’lumotlarning har bir toifasi IDS Borjomi tomonidan tegishli maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan muddat davomida qayta ishlanadi. Maqsadga erishilgandan so‘ng, bunday ma’lumotlar o‘chirib tashlanishi kerak (agar ushbu shartlarda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa). Har qanday holatda ham IDS Borjomi foydalanuvchilar oldidagi majburiyatlarni bajarish, ularga tovarlar va xizmatlarni taqdim etish, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan muddat davomida shaxsiy ma’lumotlarni saqlash huquqiga ega.


Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan huquqlari

  • Shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqi;
  • Shaxsiy ma’lumotlarni tuzatish, yangilash va to‘ldirish huquqi;
  • Shaxsga doir ma’lumotlarni qayta ishlash usullari va maqsadlari to‘g‘risida axborot olish huquqi;
  • Shaxsiy ma’lumotlar bilan bog‘liq qoidabuzarliklar haqida ma’lumot olish huquqi;
  • Shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga uzatishni cheklash huquqi;
  • Shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlashga avval berilgan rozilikni bekor qilish huquqi;
  • Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashni cheklash huquqi (qonunda nazarda tutilgan doirada va tegishli asosga ko‘ra);
  • Shaxsiy ma’lumotlarni bloklash, o‘chirish va yo‘q qilish huquqi (qonunda nazarda tutilgan doirada va tegishli asosga ko‘ra).


Shaxsiy ma’lumotlar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha foydalanuvchi IDS Borjomi ma’lumotlarni himoya qilish xizmatiga privacy@borjomi.com manziliga so‘rov yoki shikoyat yuborishi yoki shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha vakolatli organga murojaat qilishi mumkin.

 

Shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga uzatish

IDS Borjomi shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga faqat ushbu ma’lumotlar dastlab to‘plangan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan hajmda uzatadi.

Uzatish faqat zarurat bo‘lganda, amaldagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilgan holda, eng kam zarur hajmda va bunday uzatish uchun zarur bo‘lgan muddatga amalga oshiriladi.

Shaxsiy ma’lumotlarni transchegaraviy uzatish zarur bo‘lganda, IDS Borjomi foydalanuvchining alohida va to‘liq roziligini so‘raydi. Foydalanuvchilar tomonidan qoldirilgan fikrlar, ism va familiya (foydalanuvchi tanlagan formatda), shuningdek, foydalanuvchi nomi (username) hammaga ochiqdir. Foydalanuvchi bunday fikrlarni yaratish va o‘chirishni mustaqil ravishda boshqaradi; bu ma’lumotlar IDS Borjomi tomonidan qayta ishlanmaydi, veb-saytda passiv saqlash bundan mustasno.

Veb-saytlar/mobil ilovalarga kirishni ta’minlash, shuningdek, taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida IDS Borjomi quyidagi shaxsiy ma’lumotlarni uzatishi mumkin:

  • IDS Borjomi affillangan kompaniyalariga;
  • IDS Borjomi hamkorlariga;
  • IDS Borjomi subpudratchilariga;
  • Uchinchi shaxslarga, shu jumladan davlat organlariga (qonunchilik talablarini bajarish uchun);
  • IDS Borjomi qayta tashkil etilgan taqdirda va huquqiy tartib-qoidalar doirasida uchinchi shaxslarga.

IDS Borjomi shaxsiy ma’lumotlar himoyasini ta’minlash uchun barcha zarur huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni ko‘rishni ta’minlaydi.

Cookie-fayllardan foydalanish siyosati

Ushbu veb-sayt cookie-fayllardan foydalanadi

Biz (IDS Borjomi) kontent va reklamalarni shaxsiylashtirish, ijtimoiy tarmoq funksiyalarini ta’minlash hamda internet-trafikimizni tahlil qilish maqsadida cookie-fayllardan foydalanamiz. Shuningdek, bizning veb-saytimizdan foydalanishingiz va ijtimoiy tarmoqlar bilan o‘zaro aloqangiz haqidagi ma’lumotlarni reklama va tahlil bo‘yicha hamkorlarimizga uzatamiz. Ular bu ma’lumotlarni siz taqdim etgan yoki ularning xizmatlaridan foydalanishingiz natijasida to‘plangan boshqa ma’lumotlar bilan birlashtirishi mumkin.

Cookie-fayllar nima?

Cookie-fayllar — bu veb-saytlar foydalanuvchi bilan ishlash samaradorligini oshirish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan kichik matnli fayllardir.

Maxfiylik siyosatimiz va amaldagi qonunlarga muvofiq, veb-sayt ishlashi uchun cookie-fayllarni qurilmangizda saqlashimiz mumkin. Boshqa barcha turdagi cookie-fayllardan foydalanish uchun sizning roziligingiz talab qilinadi. Siz faqat kerakli cookie-fayllardan foydalanishni tanlashingiz yoki veb-saytning bosh sahifasida ko‘rsatilgan qalqib chiquvchi oyna (banner) orqali barcha cookie-fayllardan foydalanishga ruxsat berishingiz mumkin.

Mazkur veb-sayt turli xil cookie-fayllardan foydalanadi. Batafsil ro‘yxat quyida keltirilgan. Ayrim cookie-fayllar veb-sayt sahifalarida aks etadigan tashqi xizmatlar tomonidan o‘rnatilishi mumkin.

Siz istagan paytingizda cookie-fayllarga bergan roziligingizni o‘zgartirishingiz yoki bekor qilishingiz mumkin. Buning uchun siz biz bilan bog‘lanishingiz yoki veb-brauzeringiz sozlamalari orqali cookie-fayllarni o‘chirib tashlashingiz va cookie-fayllardan foydalanish sozlamalarini qayta tanlash uchun veb-saytimizga qayta tashrif buyurishingiz kerak.




Zarur cookie-fayllar veb-saytning to‘g‘ri ishlashi uchun juda muhimdir. Ular saytning asosiy funksiyalari va xavfsizlik parametrlarini ta’minlaydi, shu bilan birga anonim rejimda ishlaydi.

Tahliliy cookie-fayllar foydalanuvchilarning veb-sayt bilan o‘zaro aloqasini tahlil qilish uchun ishlatiladi. Ular tashrif buyuruvchilar soni, tashriflar chastotasi, trafik manbalari va tahlil uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni to‘plashga yordam beradi.

Boshqa cookie-fayllar tahlil bosqichida va ayni paytda muayyan turkumga tegishli emas.

Navigatsiya

  • Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash
  • IDS BORJOMI VEB-SAYTLARI FOYDALANISH QOIDALARI

Havolalar

  • Borjomi distribyutori bo‘ling
  • Fikr-mulohaza

Developed By Leavingstone

Developed By Leavingstone