Qovurilgan romano va qoqlangan kaeshi sarig‘i bilan tayyorlangan Skyort steyki
Skyort – go‘shtning eng o‘ziga xos bo‘laklaridan biri: tolali, to‘yingan va yaqqol ifodalangan go‘sht ta’miga ega. U 24 soat davomida donador xantal, kikoman sousi va bibariya (rozmarin) bilan marinadlanadi, shundan so‘nggina ochiq olovga qo‘yiladi. Grilda har bir tarafi ikki daqiqadan pishiriladi. Undan ortiq emas. Yonida esa romano kuchli olovda 20 soniya qovuriladi – sirti biroz qarsildoq koʻrinish olib, ichi oʻz holatini saqlab qoladi. Ustiga petrushka, kashnich va chili qalampiri asosidagi chimichurri sousi quyiladi, yakuniy bezak sifatida esa likopning ustidayoq qoqlangan kaeshi sarig‘i qirg‘ichdan chiqariladi va maldon tuzi parchalari sepiladi.

Tayyorgarlik vaqti
30-60 daqiqa
Qiyinchilik
Oʻrtacha
kkal
250-500
Taom turi
Asosiy taom




