Bolonyeze raviolsi
Osteria Mario‘dagi “Bolonyeze raviolisi” bu – mumtoz taomning yangicha talqinidir. Odatda, bolonyeze talyatelle bilan birga tortiladi, biroq bu yerda go‘shtli sousning o‘zi nachinkaga aylangan: u tuxum qoʻshib qorilgan yupqa xamir ichiga tugilib, sariyog‘ va pastadan tayyorlangan ipakdek mayin emulsiya bilan birga dasturxonga tortiladi. Turli ta’b va e’tiqoddagi mehmonlarga manzur bo‘lishi uchun sous cho‘chqa go‘shti va sharob qoʻshilmasdan tayyorlanadi. Mol va tovuq go‘shti qiymasi to‘yingan va teran ta’mli quyuq nachinkaga aylanganiga qadar tomat va sabzavotlar bilan birga ikki soat davomida dimlanadi. Yakuniy strix – likopchadagi demiglyas, yangi tomat, rayhon va parmezan.

Tayyorgarlik vaqti
60+ daqiqa
Qiyinchilik
Qiyin
kkal
500+
Taom turi
Asosiy taom


Mos tushadi
Borjomi mineral suvi




