Retseptga qaytish
Oshpaz
Bakay Amanbayev
Bakay Amanboyev oshpaz bobosining yonida ulg‘aygan. Aynan u bilan birinchi marta plita yoniga kelib, osh pishirgan va bu ta’m uning yodida bir umrga muhrlanib qolgan. Kasb tanlash vaqti kelganida, u hech ikkilanmay qaror qabul qilgan.
18 yoshida Bakay Tigrus xoldingiga – Qizil maydondagi Osteria Mario konsepsiyasiga ishga kirgan. Faoliyatini oddiy oshpazlikdan boshlab, bir yildan so‘ng Moskva-Sitiʻda katta oshpaz, yana uch yildan keyin esa su-shef bo‘lgan. 24 yoshida, hatto tushkunlikka tushgan paytlarida ham unga ishonch bildirgan brend-shef Aleksandr Morin va ustozi Olga Novosyolova-Shushkovaning qo‘llab-quvvatlashi tufayli bosh oshpaz martabasiga erishgan.
So‘ngra Tigrus xoldingi doirasida butun dunyo bo‘ylab: Qozon, Smolensk, Dushanbe, Moskvada yangi restoranlar ochilishida qatnashgan. Keyin Yakutsk – minus 70 darajagacha sovuqda ikki yarim yil davomida bir vaqtning o‘zida ikkita restoranni yuritgan. Iqlim o‘z so‘zini aytgach, Moskvaga qaytgan: malaka oshirgan, mahorat darslarida, jumladan, Rossiyada go‘sht bo‘yicha eng yaxshi mutaxassis deb tan olingan Sergey Molchanov darslarida qatnashgan.
Bishkekdagi ota-onasidan xabar olib, Toshkentga ko‘chib o‘tish taklifini qabul qilgan.
Hozir Baqay 29 yoshda va 11,5 yillik tajribaga ega. U o‘z kasbiga sodiqligini “kasallik” deb ataydi va bundan hech afsuslanmaydi. Uning uchun oshxona o‘zingni hamma narsani bilaman deb ayta olmaydigan cheksiz bir olam. Hatto mumtoz taomlar ham o‘zgarib turadi – aynan shu narsa uni doim tetik ushlab turadi.
Oshpaz retseptlari
0 Jami retseptlar
