Oshpaz
Lika Mardaleyshvili
Lika Mardaleyshvili Gruziyada – oshxona shunchaki ishtiyoq emas, balki mehr-muhabbat tili hisoblangan yurtda voyaga yetgan.
Taom tayyorlashni tartib va marosim deb bilgan buvisi Rojdestvo bayramiga oilaning har bir a’zosi uchun bittadan xvezeli tayyorlar edi. Kichkina Lika aynan buvisining oshxonasida, to‘rtinchi sinfda o‘qib yurganida ilk bor mustaqil ravishda mchadi pishirgan.
Likaning ma’lumoti – hamshira, Gruziyada yuqumli kasalliklar mutaxassisi bo‘lib ishlagan. Abxaziyadagi urushdan so‘ng oilasi bilan Moskvaga ko‘chib kelgan. Uning uyda pishirgan taomlarini tatib ko‘rgan restoran biznesidagi do‘stlari “Lika, bir urinib ko‘r” deb qistashgan. 2008-yilda u bunga jur’at qildi va shundan so‘ng ortga qaramadi.
Dastlabki qadamlarini kichik “Xachapuri” kafesida qo‘ygan va u yerda Nani unga taomlarning yangi qirralarini ochib beriib, o‘z tajribasi bilan bo‘lishgan. Keyin esa ozarbayjon, arman va gruzin taomlari tortiladigan “Tolma” restorani bo‘ldi va u yerning bosh oshpaz Rais uni o‘z qanoti ostiga olib, bilgan hamma narsasini o‘rgatdi. Ikki yil “Tolma”da, so‘ngra Rossiyaning eng kuchli restoran xoldinglaridan biri – Ginza Projectʻda ishladi.
Bugungi kunda Lika – Tigrus xalqaro xoldingining gruzin yo‘nalishi bo‘yicha brend-oshpazi. Uning jamoasi o‘n yildan ortiq vaqtdan beri u bilan birga ishlamoqda. Aytishicha, qalbi bilan tanlagani uchun, insonlarni tanlashda hech qachon adashmagan.
Oshpaz retseptlari
0 Jami retseptlar
