• Gastro qoʻllanma

    Bizning oshpazlar

    Maslahatlar

    Retseptlar

  • Restogid

    Restoranlar

  • Borjomi bilan taomlar

  • Gastronomik tadbirlar

Retseptga qaytish

Oshpaz

Islom Qurbonov

ORA

Ishlaydi

ORA

 Islom Qurbonov – muvaffaqiyat sari ongli yoʻlini tezda emas, balki tajriba, xatolar va doimiy rivojlanish orqali topgan bosh oshpaz.
U bu kasbga birdaniga kirib kelmagan. Oshpazlikdan avval u oʻz kasbini topish yoʻlida qurilishda, do‘konda ishlagan va og‘ir jismoniy mehnat bilan ham shug‘ullangan. 21 yoshida u Toshkentning Yunusobod tumanidagi oshxonalardan biriga ishga kirgan. Uch oy davomida kuniga 15 soatlab bepul ishlab, tajriba orttirgan va aynan oʻsha yerda kasbu shu ekanini anglab yetgan.


So‘ngra o‘nlab oshxonalarda ishlagan. 2017-yilda u bilim olish uchun “Tryufel” restoranida kamroq maoshga ongli ravishda rozi bo‘lgan. 2018-yilda esa Moskvadagi White Rabbit va Mushrooms, keyinroq Ritz-Carlton mehmonxonasi qoshidagi Sartorio Lamberti restoranlarida faoliyat yuritgan. 2021-yilda esa Belugaʼda u Mishlen yulduzini olishidan avval va keyin ham ishlagan. Bu yerda Islom 20 litrlab souslar tayyorlagan, fermentatsiya bilan tajribalar qilgan va kelajagi halol hamda yengil taomlarga bogʻliq ekanini anglagan.


2022–2023-yillarda Yauza Placeʼda su-shef bo‘lib ishlagan. 2023-yil oktyabrida bosh oshpaz Dovran Mutalimov uni bir loyihaga tavsiya qiladi. O‘shanda “12” restorani derazasiz, bo‘m-bo‘sh bir joy edi. Islom oshxonani noldan – logistikadan tortib taomnomagacha barpo etdi. 
2025-yilda u Oraʼni ochdi. 2025–2026-yillarda Dubaydagi DUO Gastrobar va Sankt-Peterburgdagi Mr. Bo restoranlarida stajirovka o‘tadi. U 32 yoshda. Uning tamoyili: avvalo – jamoa, keyin qolgan barchasi. Ikkala restoranda ham kadrlar qo‘nimsizligi yo‘q. Faqat haqiqiy va bo‘lajak mutaxassislardan iborat katta jamoa bor.

Oshpaz retseptlari

0 Jami retseptlar

Navigatsiya

  • Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash
  • IDS BORJOMI VEB-SAYTLARI FOYDALANISH QOIDALARI

Havolalar

  • Borjomi distribyutori bo‘ling
  • Fikr-mulohaza

Enhanced by

Enhanced by