Restoranga qaytish
Oshpaz
Ilhom Xudoberganov

Ilhom Xudoberganov Xorazmda – taom shunchaki yegulik emas, balki madaniyat tili hisoblangan vohada ulg‘aygan. U pazandalikni onasidan o‘rgangan. Ular tez-tez birga cheburek pishirishgan. Bu ta’m uning yodida bir umrga muhrlanib qolgan – bugun ayni shu taom biroz o‘zgacha talqinda, ammo Ilhomning bolaligidagi o‘sha ta’m bilan Bazar taomnomasida o‘rin olgan.
Ilhom bu kasbga o‘zgacha yo‘l bilan kirib kelgan. 2010-yili pul ishlash uchun Sankt-Peterburgga yoʻl olgan va ishni restoranda farroshlikdan boshlagan – pollarni yaltiratib tozalagan, qattiqqo‘l Larisa Mixaylovnadan punktuallikni o‘rgangan.
Kutilmaganda ishdan bo‘shatilgach, Four Seasons Hotelʼga ishga kiradi – avval idishlarni yuvadi, keyin esa oshxonaga oʻtadi. U yerda italiyalik oshpazlar unga pasta tayyorlaydigan mashina hamda semolani ishonib topshirishadi va aynan shu lahzadan uning yangi tarixi boshlanadi.
Percorsa restoranida u eng asosiysi – ta’m, kontrast, visual ko‘rinish va taom tayyorlash texnikasi muvozanatini o‘rganadi. Shu yerda Peterburgdagi eng mashhur restoranlardan biri – Birchʼning asoschisi, o‘zining ustozi Arslan Berdi bilan tanishadi. Ular Ilhom Toshkentga qaytib kelguniga qadar, 2017-yildan 2024-yilgacha birga ishlaydi. Dastlab O‘rta yer dengizi va Yevropa taomlariga ixtisoslashgan Wednesday restoranida, keyin esa o‘zi ochgan va bugungi kungacha ishlab kelayotgan Bazarʼda faoliyatini davom ettiradi.
Hozir Ilhom 34 yoshda. Uning besh nafar farzandi va besh yildan oshiq vaqtdan buyon birga ishlab kelayotgan jamoasi bor. Uning falsafasi oddiy: madaniyatni taomlar orqali yetkazish. Zero, o‘zbek oshxonasi hech qayerda topilmaydigan noyob xazinadir.
Oshpaz retseptlari
0 Jami retseptlar
