• Gastro qoʻllanma

    Bizning oshpazlar

    Maslahatlar

    Retseptlar

  • Borjomi bilan taomlar

  • ENG

Tovuqli mozayka

"Men bolaligimdan taom tayyorlash va ularni tatib ko‘rishni yaxshi ko‘rardim va bu menga katta zavq bag‘ishlar edi.

Ehtimol, shuning uchun ham oshpazlik kasbini tanlagandirman, garchi 21 yoshimda oshpazlik olamiga kirib kelgan bo‘lsam-da, to‘g‘ri tanlov qildim deb hisoblayman.

Men o‘z uslubimga egaman, aynan unga tayangan holda har bir taomni yarataman, asosiy g‘oya — gastronomik stereotiplarga barham berish, bir paytlar kimdir majburlagan sun’iy yaratilgan chegaralarni buzish, bir-biriga mos kelmaydigan mahsulotlarni o'zaro aralashib, ertaknamo va unutilmas ta’m hosil qilish.

Men taomlarimda o‘z xarakterimni ko‘rsatishga harakat qilaman va o'ylaymanki, bunday usul o‘zini oqlaydi.

Men bir kun kelib bu dunyoda mamlakat va kelajak avlodlar uchun foydali bo‘ladigan so‘zimni aytishni juda xohlayman." — Georgiy Chuluxadze

Tovuqli mozayka

Tayyorgarlik vaqti

60+ daqiqa

Qiyinchilik

Qiyin

kkal

250-500

Taom turi

Asosiy taom

Borjomi mineral suvi
Borjomi mineral suvi

Mos tushadi

Borjomi mineral suvi

Giorgi  Chulukhadze

Retsept muallifi

Giorgi Chulukhadze

Tovuqli mozayka

Ingredientlar

Porsiyalar :

1

Sarimsoq

20 gr

Oq piyoz

50 gr

Tovuq oyog‘i

50 gr

Tovuq laxm go'shti

37.5 gr

Lavlagi

12.5 gr

Paprika

0.75 gr

Timyan

0.5 gr

Utsho Tsuneli

0.25 gr

Dijon xantali

10 gr

To‘g‘ralgan chili qalampiri

0.25 gr

Murch

0.5 gr

Tuz

2.5 gr

Qaymoq 22%

50 gr

Yog'

10 gr

Kungaboqar yog'i

7.5 gr

Oq sharob

7.5 gr

Qadam

droplet

1

chef

Tayyorlash texnologiyasi: tovuq son go'shtini yumshatib, suyaklaridan ajratib olamiz. Go‘shtga 200 gramm oq piyoz, 40 gramm sarimsoqpiyoz, 30 gramm Dijon xantali, 1 gramm timyan, 1 gramm qalampir, ta’bga ko‘ra tuz, yanchilgan qalampir qo‘shib, bir xil pashtet massasi hosil bo‘lguncha kombaynda aylantirib olamiz, qo‘l bilan tekshiramiz, agar massa bir xil bo‘lsa, demak mahsulot tayyor.

Qadam

droplet

2

chef

Tovuq laxm go'shti 5-6 ta uzun bo‘laklarga bo‘linadi, bo‘laklari 2-3 sm, mayda qirg‘ichdan o‘tkazilgan lavlagi, timyan, paprika, murch va ta’bga ko‘ra tuz qo‘shiladi. Ziravorlarni shunday surtamizki, teri to‘liq qoplanishi lozim. Hosil bo‘lgan pashtet massasini oziq-ovqat plyonkasi (plastik) ustiga to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida joylashtiramiz, ustiga tovuq filesini piramida shaklida, masalan, 3,2,1 taxlam qilib joylashtiramiz. Tovuq laxm go'shti to‘liq pashtet bilan qoplaymiz va suv tegmasligi uchun oziq-ovqat plyonkasi bilan o‘raymiz va qaynab chiqqandan so‘ng 40 daqiqa davomida qaynatishda davom etamiz.

Qadam

droplet

3

chef

Go‘sht sovigach, qovurishga tayyor bo‘ladi. Sariyog‘da qovurishni boshlaymiz va haroratni sozlash uchun kungaboqar yog‘ini qo‘shamiz. So'ngra sous tayyorlaymiz — sarimsoq qo‘shamiz, oq sharob bilan deglazurlaymiz. Spirt bug‘lanib ketgach, ta’bga ko‘ra qaymoq, murch va tuz qo‘shib, chuqur idishda dasturxonga tortamiz, go‘shtni albatta 5 sm dan bo‘laklarga bo‘lib, chuqur idishga sous quyamiz va tovuq go‘shtini mozaika yaxshi ko‘rinadigan qilib terib chiqamiz, bezak uchun mikroko‘katlar yoki binafsha gullaridan foydalanish mumkin.

Taom bezagi

droplet

4

chef

Yoqimli ishtaha!

Izohlar

Most Recent

Navigation

    Links

    • Become a Borjomi distributor
    • Feedback

    Developed By Leavingstone

    Developed By Leavingstone