• Gastro qoʻllanma

    Bizning oshpazlar

    Maslahatlar

    Retseptlar

  • Borjomi bilan taomlar

  • ENG

Suzilgan matsoni va ismaloqli sous bilan pishloqli xinkali

"Men pazandachilik Akademiyasida professional ta’lim olganman. Hammasi bo'lib, men bu sohada besh yildan beri ishlamoqdaman. O‘z ishimni yaxshi ko‘raman va o'zimni aynan kerakli joydaman deb hisoblayman — bu esa meni baxtiyor qiladi. Men "Tsomi" kompaniyasiga asos soldim va "Chef Saradjeff" mualliflik restoranini ochdim, uning yordamida gruzin oshxonasi taomlarini yanada mashhur va keng tarqalgan bo'lishiga o'z hissamni qo'shmoqdaman.

Biz hammaning tashrifidan xursandmiz: an’anaviy taomlarni sevuvchilar uchun ham, boshqa mamlakatlardan kelgan sayyohlar uchun ham. Ularning barchasiga men jahon pazandachiligi tendensiyalarini hisobga olgan holda o‘z talqinimdagi taomlarni taklif qilaman.

Mening mehmonlarim har doim do'stona va samimiy kutib olinadi, oilam tarixi bilan tanishadilar va bolaligimning yorqin ta’mlari uchraydigan vaqtlar aro sayohat qiladilar.  Uzumzorimdan sharob bonus sifatida taqdim etiladi. Umuman olganda, xulosa qilib aytishim mumkinki, mening asosiy xobbim — bu mehmonlarni lazzatlimehmon qilishdan iborat!" — Nikoloz Sarajev.

Suzilgan matsoni va ismaloqli sous bilan pishloqli xinkali

Tayyorgarlik vaqti

30-60 daqiqa

Qiyinchilik

Qiyin

kkal

250-500

Taom turi

Asosiy taom

Borjomi adjariya mandarin limonati
Borjomi adjariya mandarin limonati

Mos tushadi

Borjomi adjariya mandarin limonati

Nikoloz  Sarajev

Retsept muallifi

Nikoloz Sarajev

Suzilgan matsoni va ismaloqli sous bilan pishloqli xinkali

Ingredientlar

Oliy navli un

500

Suv

200

Tuz

10

Imeretiya pishlog‘i

400

Suluguni

100

Nadugi

200

Ismaloq

1

Yong‘oq

50

Tozalanmagan kungaboqar moyi

30

Petrushka

2

Lavlagi bargi

2

Yalpiz

1

Sarimsoq

1

Shirin yashil qalampir

1

Tuz

1

Shakar

1

Matsoni

1500

Qadam

droplet

1

chef

Xamirni yaxshilab qoring: xamiringiz bir oz qattiqroq bo‘lishi kerak, uni sovutgichda bir necha soat davomida tindirish lozim. So‘ngra uni qalin qilib yoyib, bo‘laklarga bo‘ling. Ularni esa, o‘z navbatida, yupqa qilib yoying. Natijada diametri 7 santimetrli plastinalar hosil bo‘lishi kerak.

Qadam

droplet

2

chef

To'ldirma tayyorlash uchun qirg‘ichdan chiqarilgan imeretin pishlog‘i, suluguni va nadugini aralashtiring.

Qadam

droplet

3

chef

Sous tayyorlash uchun ismaloq, yong‘oq, kungaboqar yog‘i, petrushka, burak barglari, yalpiz, sarimsoq piyoz, yashil qalampir, tuz va shakarni blenderda aralashtiring. Hammasini bir xil massa hosil bo‘lguncha maydalang.

Taom bezagi

droplet

4

chef

Mazkur sous turli xil go‘shtli taomlarga ham nihoyatda mos keladi. Mavsumga qarab unga qora rayhon va tarxun qo‘shish mumkin. Ammo kashnich qo‘shish kerak emas, chunki u taomga o‘ziga xos ta’m beradi va uni buzadi. Dasturxonga tortishdan oldin likopchaga suzilganmatsonini yupqa qilib surtib, chetiga bir osh qoshiq sousni joylashtiring va qaynatilgan xinkalilarni terib chiqing. Yoqimli ishtaha!

Comments

Most Recent

Navigation

  • Gastro qoʻllanma
  • Borjomi bilan taomlar

Links

  • Become a Borjomi distributor
  • Feedback

Developed By Leavingstone

Developed By Leavingstone