• Gastro qoʻllanma

    Bizning oshpazlar

    Maslahatlar

    Retseptlar

  • Restogid

    Restoranlar

  • Borjomi bilan taomlar

  • Gastronomik tadbirlar

Shivit Oshi

Shivit Oshi bu – Xorazmning an’anaviy taomi bo‘lib, uni boshqa hech bir yegulik bilan adashtirib bo‘lmaydi: xamiri shivitga qorilgani uchun u dasturxonga tortilmasdanoq nafis yashil tus va giyohlar iforiga ega bo‘ladi. Ustiga mol go‘shtidan tayyorlangan sho‘rvada teran va to‘yingan ta’m olganiga qadar pishirilgan mol go‘shti, bulgʻor qalampiri va kartoshkadan iborat xonaki ragu tortiladi. So‘nggi shtrix – qaynoq raguga kontrast hosil qilib, taomni yaxlit holga keltiradigan sovuq qatiq. Bu – bosh oshpaz Ilhom Xudoberganov o‘z tamali deb bilgan Xorazm zaminining ta’midir.

Shivit Oshi

Tayyorgarlik vaqti

30-60 daqiqa

Qiyinchilik

Oʻrtacha

kkal

250-500

Taom turi

Asosiy taom

Ilhom Xudoberganov

Retsept muallifi

Ilhom Xudoberganov

Shivit Oshi

Ingredientlar

Pasta:

Bug‘doy uni

300 gr

Suv

150 ml

Shivit (mayda to‘g‘ralgan)

50 gr

Tuz

1 choy qoshiq

Ragu va dasturxonga tortish:

Tayyor pasta

90 gr

Mol go'shti

50 gr

Bulg‘or qalampiri

50 gr

Kartoshka

50 gr

Qizil piyoz

25 gr

Qatiq

100 gr

Mol go‘shti shoʻrvasi

150 ml

Sarimsoq

1 donacha

Zaytun moyi

50 ml

Tuz

0.5 choy qoshiq

Murch

0.5 choy qoshiq

Qadam

droplet

1

chef

Shivitni mayda to‘g‘rang. Un, suv, shivit va tuzni aralashtirib, bir tekis massa hosil bo‘lguncha xamir qoring. Xamirning ustini yopib, 30 daqiqaga tindirib qo‘ying. Soʻngra uni xamir yoyish mashinasidan o‘tkazib, talyatelle kabi tasmalar shaklida kesing.

Qadam

droplet

2

chef

Mol go‘shtini qizil piyoz bilan o‘rta olovda 10–15 daqiqa davomida tillarang tusga kirguncha qovuring. Sarimsoq va bulg‘or qalampirlarini qo‘shib, ustidan mol go‘shti shoʻrvasini quying. Qaynab chiqqach, kartoshka soling va u to‘liq yumshaguncha pishiring.

Taom bezagi

droplet

3

chef

Pastani tuzli, qaynab turgan suvda 3 daqiqa pishirib oling. Likopchaga solib, ustiga ragu va qatiq qo‘shing.

 

Taomni barra shivit bilan bezang, ustidan zaytun moyi va dudlangan paprika seping.

 

Taom issiqligida tortiladi. Qatiq ustiga solinadi – uni oldindan aralashtirib yubormang, sovuq va issiq kontrasti taom ta’mi uchun muhim ahamiyatga ega.

Izohlar

Most Recent

Navigatsiya

  • Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash
  • IDS BORJOMI VEB-SAYTLARI FOYDALANISH QOIDALARI

Havolalar

  • Borjomi distribyutori bo‘ling
  • Fikr-mulohaza

Developed By Leavingstone

Developed By Leavingstone