• Gastro qoʻllanma

    Bizning oshpazlar

    Maslahatlar

    Retseptlar

  • Restogid

    Restoranlar

  • Borjomi bilan taomlar

  • Gastronomik tadbirlar

Restoranga qaytish

Qaymoqli-tomatli sousdagi kurka go‘shtli karam do‘lma

Pekin navli karamning yumshoq barglariga bejirim o‘ralgan uyda boqilgan kurka go'shtidan tayyorlangan do‘lmalar — bu yengil, sersuv va haqiqatdan ham shinam taomdir. Parranda go‘shtining ta’mi o‘zining tabiiy lazzati va sersuvligini saqlagan holda noziklik bilan namoyon bo'ladi. Taom qaymoq va to‘yingan tovuq go'shti qaynatmasi, toblab pishirilgan qalampir hamda yetilgan pomidorlarning ta'mi bilan uyg‘unlashib, quyuq, muvozanatlashtirilgan maza hamda kremsimon tekstura hosil qilgan baxmaldek mayin qaymoqli-tomatli sous bilan birgalikda dasturxonga tortiladi. Bu har bir mayda tafsilotda aks etgan xonaki fayz va restoran bashangligining o'zaro uyg‘unligidir.

Qaymoqli-tomatli sousdagi kurka go‘shtli karam do‘lma

Tayyorgarlik vaqti

60+ daqiqa

Qiyinchilik

Oʻrtacha

kkal

500+

Taom turi

Asosiy taom

Borjomi mineral suvi
Borjomi mineral suvi

Mos tushadi

Borjomi mineral suvi

Artyom Rzayev

Retsept muallifi

Artyom Rzayev

Qaymoqli-tomatli sousdagi kurka go‘shtli karam do‘lma

Ingredientlar

Uy ichidagi kurka fileti

1 dona

Piyoz

3 dona

Sabzi

3 dona

Qaymoq 33%

200 ml

Smetana 25%

180 gr

Pekin karami

1 dona

Pishirilgan bulg'or qalampiri

120 gr

Pomidorlar o'z sharbatida

150 gr

Maydalangan sarimsoq

2 donacha

Demiglas sousi

100 gr

Sariyog‘

50 gr

Jingalak petrushka

1 dona

O‘simlik moyi

500 gr

Tuz va murch - ta’bga ko‘ra

Mol go'shti suyaklari

2 kr

Quruq qizil sharob

500 ml

Selderey poyasi

100 gr

Tomat pastasi

150 gr

Lavr yaprog‘i

3 dona

Kekik/Birozmarin

10 gr

Petrushka/ukrop/rayhon/rukkola

20 gr

Qadam

droplet

1

chef

Kurka go‘shtini tuz, murch va Borjomi mineral suvi bilan 1 soat davomida marinadlab qo‘yamiz, go‘sht nisbatan yumshoqroq bo‘ladi, so‘ngra uni juda mayda to‘g‘raymiz. Shuningdek, piyoz va sabzini ham mayda to‘g‘rab olamiz.
To‘g‘ralgan sabzavotlarni o‘simlik yog‘ida qovurib, ustiga kurka go‘shti qiymasini solib, to'liq pishirib olamiz, so'ngra smetana solamiz. Tuz va murch ta’bga ko‘ra qo'shiladi.

Qadam

droplet

2

chef

Karam do‘lmani tayyorlaymiz. Pekin navli karam barglarini yumshaguncha qaynoq suvga solib qo'yamiz, shunda qiymani o‘rash oson bo‘ladi. Har bir karam bargiga 50-60 grammdan qiyma solib, tugamiz.

Qadam

droplet

3

chef

Pergament qog‘ozi yozilgan patnisga terib chiqamiz, ustiga sariyog‘ va biroz filtrlangan suv qo‘shamiz. Patnisni folga bilan yopib, 180°C darajada 10–12 daqiqa, so‘ngra folgani olib, usti chiroyli qizg'ish rang bo'lgunicha yana 5–7 daqiqa pishiramiz.

Qadam

droplet

4

chef

Pergament qog‘ozi yozilgan patnisga terib chiqamiz, ustiga sariyog‘ va biroz filtrlangan suv qo‘shamiz. Patnisni folga bilan yopib, 180°C darajada 10–12 daqiqa, so‘ngra folgani olib, usti chiroyli qizg'ish rang bo'lgunicha yana 5–7 daqiqa pishiramiz.

Qadam

droplet

5

chef

Souslarni tayyorlab olamiz. Oldindan toblab pishirilgan va tozalangan bulg‘or qalampirini to‘rtburchak shaklida to‘g‘rab, xuddi shunday to‘rtburchak shaklida to‘g‘ralgan pomidor va sarimsoqpiyoz qo‘shib, sariyog‘da qovuramiz, biroz dimlab, ta’miga keltiramiz.

Demiglas sousi. Suyaklarni patnisga terib, 200 °C haroratda taxminan 40-60 daqiqa qizarguncha pishiramiz — bu boy ta’m va chirotli rang beradi. Suyaklarga yirik to‘g‘ralgan piyoz, sabzi va selderey solib, yana 15-20 daqiqa biroz qizartiramiz. Oxirida tomat pastasini qo'shib aralashtiramiz.

Qadam

droplet

6

chef

Hammasini katta kastryulkaga solib, ustidan suv quyamiz va ziravorlar qo‘shamiz. Asta qaynatiladi va past olovda 6-8 soat (yaxshisi uzoqroq) qaynatiladi. Suyak va sabzavotlarni olib tashlab, qaynatmani elakdan o‘tkazib suzib olamiz. Suyuqlikni olovga qaytarib, sharob qo‘shamiz va hajmi taxminan 2-3 baravar kamayguncha bug‘laymiz — sous quyuq va boy ta'mga ega bo‘ladi.

Yashil yog'. O‘simlik moyini 60 darajagacha qizdirib, petrushka, ukrop, rayhon, rukkola qo‘shamiz va blenderda ko‘pirtirib, dokada suzib olamiz.

Taom bezagi

droplet

7

chef

Oval likopchaga qaymoq-tomat sousi, ustiga do‘lma, uning ham ustiga demiglas sousi quyib, yashil yog‘ va petrushka bilan bezatamiz.

Izohlar

Most Recent

Navigatsiya

  • Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash
  • IDS BORJOMI VEB-SAYTLARI FOYDALANISH QOIDALARI

Havolalar

  • Borjomi distribyutori bo‘ling
  • Fikr-mulohaza

Enhanced by

Enhanced by