• Gastro qoʻllanma

    Bizning oshpazlar

    Maslahatlar

    Retseptlar

  • Restogid

    Restoranlar

  • Borjomi bilan taomlar

  • Gastronomik tadbirlar

Pekincha o‘rdak goʻshti – bosh oshpazdan taom

Pekincha o‘rdak goʻshti – bir necha asrlik tarixga ega taom. Qachonlardir u faqat imperator saroyidagina dasturxonga tortilgan bo‘lsa, bugun butun dunyoda Xitoy taomlarining timsoliga aylangan. Asosiy siri – uch kunlik tayyorgarlik jarayonida: avval xoysin, ustritsa souslari, zanjabil va ziravorlardan marinad tayyorlanadi, so‘ng sirka hamda maltoza aralashmasi bilan sirlanadi va nihoyat, terisi qarsillaydigan bo‘lib karamellashguncha 170–180°C haroratda pishiriladi. Go‘sht yupqa tilimlanib, quymoq, karsillama bodring, porey piyozi va to‘yingan o‘rdak sousi bilan birga dasturxonga tortiladi.

Pekincha o‘rdak goʻshti – bosh oshpazdan taom

Qiyinchilik

Qiyin

kkal

500+

Taom turi

Asosiy taom

Borjomi mineral suvi
Borjomi mineral suvi

Mos tushadi

Borjomi mineral suvi

Shahzod To‘xtayev

Retsept muallifi

Shahzod To‘xtayev

Pekincha o‘rdak goʻshti – bosh oshpazdan taom

Ingredientlar

O‘rdak go‘shti (toʻshi va son qismi)

350 gr

Retsept bo‘yicha hoysin sousi

sous uchun

Retsept bo‘yicha ustritsa sousi

sous uchun

Porey piyozi

100 gr

Retsept bo‘yicha yangi zanjabil

yangi zanjabil

Retsept bo‘yicha sirka (2 xil tur)

yangi zanjabil

Retsept bo‘yicha maltoza

yangi zanjabil

Bodring

100 gr

O‘rdak uchun sous

50 gr

O‘rdak uchun quymoq

100 gr

O‘rdak go‘shti solib tayyorlangan guruch

100 gr

Qadam

droplet

1

chef

.O‘rdakni tozalab, ichini bo‘shating va qog‘oz sochiqlar bilan yaxshilab quriting. Namlik – qarsildoq qobiqning kushandasi.

Qadam

droplet

2

chef

Porey piyozi va zanjabilni yirik qilib to‘g‘rang. Xoysin sousi, ustritsa sousi va ziravorlar aralashmasi bilan qo‘shib, o‘rdakning butun yuzasiga bir tekis surting. Idishga solib, muzlatkichda +2…+4 °C haroratda roppa-rosa 24 soat marinadlang.

Ikki xil sirkani maltoza bilan to‘liq eriguncha aralashtiring. Tayyor aralashmani o‘rdakning ustidan bir tekisda quying – bu o‘rdak pishayotganda terisiga karamellashgan, qahrabo rang tus beradi.

Qadam

droplet

3

chef

Pech 170–180°C gacha qizdiriladi. O‘rdak tillarang tusga kirib, terisi qarsildoq bo‘lgunicha 50–60 daqiqa davomida pishiriladi. Pishgach, 10–15 daqiqa tindiriladi. So‘ng yupqa parrak qilib kesiladi va dasturxonga quymoq, karsillagan bodring, porey piyozi hamda o‘rdak sousi bilan birga tortiladi.

Taom bezagi

droplet

4

chef

Uni darhol dasturxonga tortish lozim, zero, qarsildoq qobiq kutishni xush ko‘rmaydi. Har bir mehmon quymoqqa o‘zi go‘sht, bodring, porey piyozi va sous solib oʻraydi.

Izohlar

Most Recent

Navigatsiya

  • Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash
  • IDS BORJOMI VEB-SAYTLARI FOYDALANISH QOIDALARI

Havolalar

  • Borjomi distribyutori bo‘ling
  • Fikr-mulohaza

Enhanced by

Enhanced by