• Gastro qoʻllanma

    Bizning oshpazlar

    Maslahatlar

    Retseptlar

  • Borjomi bilan taomlar

  • ENG

Paravani gulmohi sho‘rvasi

Oshpazlikda meni lol qoldirishi mumkin bo‘lgan narsalar uchraydi. Ulardan biri — bu gruzin oshxonasining baliq taomlaridir. Garchi qirg‘oqlarimizni Qora dengiz yuvib tursa-da, ko‘plab daryo va ko‘llar turli xil dengiz mahsulotlari bilan to‘lib-toshgan bo‘lsa-da, biz baribir 4-5 turdagi baliqni afzal ko‘ramiz. Hatto baliq taomlarini tayyorlash retseptlari ham — u qadar ko‘p emas.

Gruziya daryolari va ularda yashaydigan jonzodlarning ulkan salohiyatini hisobga olgan holda, mahalliy oshpazlarga baliq bilan ko‘proq tajriba o‘tkazishni maslahat bermoqchiman  va avvalo, erta bahor ruhiyatiga to‘la-to'kis mos keladigan yengil va xushbo‘y gulmohi sho‘rva tayyorlashni sinab ko‘ring.

Bu retseptni Paravani ko‘li baliqchisidan o‘rganib, biroz takomillashtirdim va endi sizlar bilan baham ko'tmoqdaman.

Paravani gulmohi sho‘rvasi

Tayyorgarlik vaqti

60+ daqiqa

Qiyinchilik

Oʻrtacha

kkal

0-250

Taom turi

Starter

Borjomi adjariya mandarin limonati
Borjomi adjariya mandarin limonati

Mos tushadi

Borjomi adjariya mandarin limonati

Retsept muallifi

Paravani gulmohi sho‘rvasi

Ingredientlar

Porsiyalar :

1

Oq piyoz

60 gr

Sabzi

75 gr

Lavr yaprog‘i

0.5 dona

Sarimsoq

0.5 donacha

Petrushka

25 gr

Selderey

25 gr

Ko‘k piyoz

5 gr

Ismaloq

20 gr

Sabzi

10 gr

Oq piyoz

12.5 gr

Limon

10 gr

Gulmohi laxmi

300 gr

Qadam

droplet

1

chef

Barcha masalliqlarni ikki litrli kastrulga solib, 1 soat davomida qaynating. Briketlardagi Galina Blanca yoki boshqa shunga o‘xshash ziravorlardan foydalanmang.

Qadam

droplet

2

chef

Sho‘rva uchun kerakli hamma narsani tayyorlab qo‘ying. Masalliqlarni juda yupqa qilib kesing — piyoz halqalari shaffof, ismaloq esa ingichka o‘tlarga o‘xshab ko‘rinadigan darajada. Bu limon, ko‘k piyoz va gulmohiga ham tegishli: uning bo‘laklari 5 millimetr qalinlikda bo‘lishi kerak.

Qadam

droplet

3

chef

Sho‘rvaning siri shundaki, u juda tez tayyorlanadi. Qaynatma tayyor bo‘lgach, sho‘rvaning barcha masalliqlarini chuqur likopchaga solib, ustidan qaynoq sho‘rva quying — bir daqiqadan so‘ng taomdan bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Qadam

droplet

4

chef

G‘oya shundaki, baliqning nihoyatda yupqa bo‘laklari issiq sho‘rvada darhol tayyorlanadi va to‘liq qaynatish jarayonidan o‘tmasdan tabiiy ta’mini saqlab qoladi. Ismaloq barra bo‘lib qoladi, barcha sabzavotlar o‘zining tabiiy hidini saqlab qoladi. Xohishingizga ko‘ra limon sharbatini qo‘shing.

Taom bezagi

droplet

5

chef

Dasturxonga tortishdan oldin taomning hidini boyitish va ta'kidlash uchun sho‘rvaga yangi yanchilgan qizil qalampir seping.

Comments

Most Recent

Navigation

    Links

    • Become a Borjomi distributor
    • Feedback

    Developed By Leavingstone

    Developed By Leavingstone