• Gastro qoʻllanma

    Bizning oshpazlar

    Maslahatlar

    Retseptlar

  • Restogid

    Restoranlar

  • Borjomi bilan taomlar

  • Gastronomik tadbirlar

O‘rmon rezavorlari sousida karamellangan fuagra jigari

Fua-gra – shunchaki klassika emas, balki ta’mlarning mukammal uyg‘unligidir. Tillarang qarsildoq qobiq ostidagi nafis o‘rdak jigari yumshoqligicha qoladi, shakarqamish qandidan tayyorlangan karamel esa unga yengil qarsillash baxsh etadi.
Chernika, malina, maymunjon va qulupnaydan tayyorlangan rezavorli sous taomga tetiklashtiruvchi nordonlik berib, uning to‘yingan taʼmini muvozanatlashtiradi. Asal, apelsin va badyan bilan qizil vinoda dimlangan nok esa taomga yanada teran ta’m berib, uni yaxlit holga keltiradi.

O‘rmon rezavorlari sousida karamellangan fuagra jigari

Tayyorgarlik vaqti

30-60 daqiqa

Qiyinchilik

Qiyin

kkal

250-500

Taom turi

Asosiy taom

Bekzod Qodirov

Retsept muallifi

Bekzod Qodirov

O‘rmon rezavorlari sousida karamellangan fuagra jigari

Ingredientlar

Fuagra jigari

100 gr

O‘simlik moyi

10 gr

Un

Shakarqamish qandi

50 gr

Golubika

8 gr

Malina

6 gr

Maymunjon

8 gr

Qulupnay

20 gr

Tuz

10 gr

Murch

5 gr

Nok uchun:

Nok

1 dona

Qizil sharob

100 gr

Shakar

40 gr

Asal

40 gr

Sariyog‘

70 gr

Badyon

5 gr

Apelsin

50 gr

Zaytun moyi

30 gr

Qadam

droplet

1

chef

Nok uchun moʻljallangan barcha masalliqlarni kastryulga solib, olovga qo‘ying va sharobni bug‘lantirib yuboring. “Al dente” holiga kelguncha pishiring.

Qadam

droplet

2

chef

Jigarga tuz va murch sepib, unga belab oling. O‘simlik yog‘ida tillarang tusga kirguncha qovurib, so‘ng 180 °C darajada qizdirilgan pechda pishirib oling.

Taom bezagi

droplet

3

chef

Rezavorli sousni biroz qizdiring. Tayyor fua-grani dasturxonga tortishdan oldin, yengil qarsildoq qobiq hosil bo‘lguncha shakarqamish qandi bilan karamellashtiring.

 

Likopcha markaziga nok, uning ustiga esa fua-grani qo‘ying.

 

Taomni rezavor mevalar bilan bezab, ustidan sous quying. Tayyor.

Izohlar

Most Recent

Navigatsiya

  • Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash
  • IDS BORJOMI VEB-SAYTLARI FOYDALANISH QOIDALARI

Havolalar

  • Borjomi distribyutori bo‘ling
  • Fikr-mulohaza

Developed By Leavingstone

Developed By Leavingstone