• Gastro qoʻllanma

    Bizning oshpazlar

    Maslahatlar

    Retseptlar

  • Restogid

    Restoranlar

  • Borjomi bilan taomlar

  • Gastronomik tadbirlar

Ojaxuri – gruzincha oilaviy taom

Ojaxuri gruzin tilidan “oilaviy taom” deb tarjima qilinadi va bu uning butun mohiyatini ochib beradi. Bu kishida taassurot qoldirishga urinadigan restoran taomi emas. Aksincha, bu odamlarni bir dasturxon atrofida jamlaydigan uy taomidir. Mol go‘shtining lahm qismi va qaynatilgan kartoshka yaxshilab qizdirilgan tovada qizargunicha qovuriladi, so‘ngra tovuq sho‘rvasi va svan tuzi – Manana’da o‘zlari tayyorlaydigan gruzincha ziravorlar aralashmasi bilan dimlanadi. Eng so‘ngida esa yangi pomidor va ko‘katlar: petrushka hamda qizil rayhon qo‘shiladi. Bir daqiqa o‘tar-o‘tmas, taom tayyor bo‘ladi. Xuddi buvijonlar pishirgandek to‘yimli va xushbo‘y.

Ojaxuri – gruzincha oilaviy taom

Tayyorgarlik vaqti

30-60 daqiqa

Qiyinchilik

Oʻrtacha

kkal

250-500

Taom turi

Asosiy taom

Borjomi adjariya mandarin limonati
Borjomi adjariya mandarin limonati

Mos tushadi

Borjomi adjariya mandarin limonati

Aydin Gasanov

Retsept muallifi

Aydin Gasanov

Ojaxuri – gruzincha oilaviy taom

Ingredientlar

Mol lahm go‘shti

100 gr

Piyoz

40 gr

Qaynatilgan kartoshka

180 gr

Sarxil pomidorlar

80 gr

Petrushka

5 gr

Qizil rayhon

5 gr

Svan tuzi (gruzin ziravori)

8 gr

Tovuq go'shti qaynatmasi

100 ml

Qadam

droplet

1

chef

Mol lahm go‘shtini 2×2 sm oʻlchamlarda parrak-parrak qilib kesing. Piyozni somoncha shaklida to‘g‘rang. Kartoshkani to‘rtburchak yoki parrak qilib to‘g‘rab, yarim tayyor bo‘lguncha pishirib yoki qovurib oling. Pomidorlarni parrak qilib kesing, ko‘katlarni esa mayda qilib toʻgʻrang.

Qadam

droplet

2

chef

Tovani yaxshilab qizdiring. Piyoz bilan go‘shtni birga solib, go‘sht qizarguncha qovuring. Kartoshkani qo‘shib, birga qovurishda davom eting. Ustidan tovuq sho‘rvasini quyib, svan tuzini soling – sho‘rva ziravorlarni go‘sht va kartoshkaga singdirib, ajoyib ta’m beradi. Sho‘rvaning bir qismi bug‘lanib, yengil sous hosil bo‘lishini kuting.

Qadam

droplet

3

chef

Sarxil pomidor va ko‘katlarni qo‘shing. Aralashtirib, roppa-rosa bir daqiqa pishiring –pomidorlar qizishi, ammo o‘z tarovatini yo‘qotmasligi kerak. Taom tayyor.

Taom bezagi

droplet

4

chef

Dasturxonga tovadan olgandan, issiqligida torting. Bu – xonaki taomi, shuning uchun dasturxonga tortish ham har kimning o‘z didiga bog‘liq. Odatda, u davradagilarning barchasi uchun bitta idishda mo‘l-ko‘l qilib tortiladi.

Izohlar

Most Recent

Navigatsiya

  • Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash
  • IDS BORJOMI VEB-SAYTLARI FOYDALANISH QOIDALARI

Havolalar

  • Borjomi distribyutori bo‘ling
  • Fikr-mulohaza

Enhanced by

Enhanced by