• Gastro qoʻllanma

    Bizning oshpazlar

    Maslahatlar

    Retseptlar

  • Borjomi bilan taomlar

  • ENG

Nadugidan kremli mchadi

"Men uchun oshxona — o'z-o‘zimni ifoda etish usuli va pazandalik bilan chambarchas bog‘liqlikdir.

Oshxona — bu jarayon to‘xtamaydigan joy. Bu hammasi chin haqiqat bo'lgan soha: olim, rassom yoki shunchaki yaxshi oshpaz bo‘lish mumkin. Mening nuqtai nazarin bo'yicha, pazandachilik — bu avvalo yaxshi kayfiyat va o‘z-o‘zini rivojlantirish vositasi.

Umuman olganda, o‘z mohiyatiga ko‘ra, oshpazlik — bu bitmas-tuganmas ma’lumot manbai, oshxona esa bir vaqtning o‘zida sport va ijodiy soha bo‘lib, unda iroda, tasavvur va didni uyg‘unlashtirish zarur," — Lasha Nikorashvili, Z10 bosh-oshpazi.

Nadugidan kremli mchadi

Tayyorgarlik vaqti

0-30 daqiqa

Qiyinchilik

Oʻrtacha

kkal

250-500

Taom turi

Yengil tamaddi

Borjomi adjariya mandarin limonati
Borjomi adjariya mandarin limonati

Mos tushadi

Borjomi adjariya mandarin limonati

Retsept muallifi

Nadugidan kremli mchadi

Ingredientlar

Porsiyalar :

1

Nadugi

100 gr

Smetana

25 ml

Apelsin sharbati

10 ml

Apelsin po‘sti

1 /4 dona

Yalpiz

15 gr

Tuz

0.5 chimdim

Tuz

1 chimdim

Qadam

droplet

1

chef

To'ldirma tayyorlash uchun nadugi, smetana va apelsin sharbatini aralashtirib, apelsin po'stlog'i, yalpiz va yanchilgan qalampir qo‘shing. Hosil bo‘lgan aralashmani bir xil tarkibli qaymoqsimon massa hosil bo‘lguncha venchik yordamida yaxshilab aralashtiring. Xohishga ko‘ra anor donalarini qo‘shing.

Qadam

droplet

2

chef

Mchadi nonlar tayyorlash uchun makkajo‘xori va bug‘doy unidan olib, tuz solamiz va iliq suv bilan xamir qoramiz. Xamirni 35 grammdan zuvalachalarga bo‘lib, kulcha shaklida yoying. Kulchalarning qalinligi taxminan 3 millimetr bo‘lishi kerak.

Qadam

droplet

3

chef

Kastrulda kungaboqar yog‘ini 180 darajagacha qizdiring. Mchadi nonlarni yog‘ bilan qoplanadigan qilib joylashtiring. Kulchalar ko‘tarilganidan bir necha soniya o‘tgach, ularni qisqich yordamida egib, idishga botiq shakl bering. Nonlarni shu holatda 10 soniya ushlab turing, keyin qisqichlarni olib qo‘ying va ular tilla rangga kirishini kuting. Tayyor taomni nadugidan krem bilan to‘ldiring.

Taom bezagi

droplet

4

chef

Bezatish uchun ta’bingizga ko‘ra yalpiz va qulupnaydan foydalaning.

Izohlar

Most Recent

Navigation

    Links

    • Become a Borjomi distributor
    • Feedback

    Developed By Leavingstone

    Developed By Leavingstone