• Gastro qoʻllanma

    Bizning oshpazlar

    Maslahatlar

    Retseptlar

  • Borjomi bilan taomlar

  • ENG

Marinadlangan yashil olma va cherri pomidorlar bilan veshenka qo‘ziqorini salati

"Mening ismim Irina, restoratorman, mana sakkiz yildirki, ovqatlanish obyektlari uchun taomnoma va konsepsiyalar tuzish bilan shug‘ullanaman, bundan tashqari, har doim gastronomiya olamidagi barcha yangi chorlovlarni qabul qilishga va yangi, foydali loyihalarda ishtirok etishga harakat qilaman.

Men uchun pazandachilik va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlash yoshligimdan barcha yangi narsalarni izlash bilan bog‘liq bo‘lib, bu izlanish va tajribalar jarayonida oshpazlik — bu albatta, bo‘lishi kerak bo‘lgan soha ekanligini angladim.

Hayotimning asosiy qismi oshpazlik — bu sizni barcha hissiy tarkibiy qismlar bilan to‘ldiradigan, ko‘p mehr, e’tibor va jasorat talab qiladigan san’at sohasi, siz har doim o‘rganish va kashfiyotlar jarayonida bo'lasiz" — Irina Eliozishvili.

Marinadlangan yashil olma va cherri pomidorlar bilan veshenka qo‘ziqorini salati

Tayyorgarlik vaqti

30-60 daqiqa

Qiyinchilik

Oʻrtacha

kkal

250-500

Taom turi

Starter

Retsept muallifi

Marinadlangan yashil olma va cherri pomidorlar bilan veshenka qo‘ziqorini salati

Ingredientlar

Porsiyalar :

1

Uzum sirkasi

9 ml

Zaytun moyi

13.5 ml

Rukkola

20 gr

Aysberg

20 gr

Lavlagi bargi

125 gr

Rayhon

3.5 gr

Kimchi uchun ziravor

15 gr

Veshenka

50 gr

Cherri pomidor marinadi

4 gr

Olma marinadi

3 gr

Yashil olma marinadi

20 gr

Parmezan

3.5 gr

Yong‘oq va ziravorlar aralashmasi

2.5 gr

Zaytun moyi

4 ml

Yashil olma marinadi

Yashil olma

120 gr

Dijon xantali

10 gr

Asal

10 gr

Uzum sirkasi (Pont)

25 ml

Suv

75 ml

Tuz

0.5 chimdim

Cherri pomidor marinadi

Cherri pomidor

120 gr

Dijon xantali

10 gr

Balzamli sirka

25 ml

Asal

10 gr

Tuz

1 chimdim

Suv

25 ml

Zaytun moyi

7.5 ml

Yashil dressing:

Limon

0.5 dona

Laym

0.5 dona

Yeryong‘oq

45 gr

Yalpiz

7.5 gr

Kashnich

22.5 gr

Arpabodiyon

12.5 gr

Parmezan

25 gr

Zaytun moyi

12.5 ml

Suv

40 ml

Qaymoqli pishloq

30 gr

Smetana

25 gr

Tuz

0.5 choy qoshiq

Kimchi uchun ziravor

Shrirаcha

7.5 gr

Xantal

10 gr

Asal

12.5 gr

Tuz

0.5 chimdim

Qadam

droplet

1

chef

Marinadlangan cherri pomidori Idishga suv, balzamli sirka (quyuqlashtirilmagan), zaytun yog'i quying, asal, Dijon xantali, tuz qo‘shing va barcha masalliqlar to‘liq erishi uchun yaxshilab ko‘pirtiring. Cherri pomidorini ikkiga bo‘lib, hosil bo‘lgan aralashma bilan to‘ldiring va muzlatgichga qo‘ying (1 hafta saqlash tavsiya etiladi).

Qadam

droplet

2

chef

Yashil dressing: Ko‘katlar yirik to‘g‘raladi, yalpiz barglari poyalaridan ajratiladi, barchasi blender idishiga solinadi, limon va laym sharbati siqib olinadi, zaytun moyi, yeryong‘oq, suv qo‘shiladi va blenderda yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan massani idishga solib, yuqoridagi grammaj bo‘yicha sut mahsulotlari qo‘shiladi, parmezan mayda qirg‘ichdan o‘tkaziladi, tuz sepiladi va kurakcha bilan yaxshilab aralashtiriladi. Sous tayyor (3 kun saqlash tavsiya etiladi).

Qadam

droplet

3

chef

Kimchi sousi: Barcha masalliqlarni qo‘l blenderining idishiga soling, blender boshini to‘liq botiring va emulsiya hosil bo‘lishi uchun yaxshilab aralashtiring. Agar sizda qo‘l blender bo‘lmasa, barcha masalliqlarni (zaytun yog'idan tashqari) chuqur idishga soling, yaxshilab aralashtiring va emulsiya hosil bo‘lishi uchun tez-tez ko‘pirtirishda davom etgan holda zaytun yog'ini quying (1-2 hafta saqlash tavsiya etiladi).

Qadam

droplet

4

chef

Lavlagi poyasini o‘rtacha bo‘laklarga bo‘ling, rukkolani poyalardan tozalang, rayhon barglarini qirqing, aysbergni yupqa qilib to‘g‘rang, barchasini idishga soling, ustidan kimchi sousi quying va asta aralashtiring.

Qadam

droplet

5

chef

Salat barglaridan tayyorlangan massani servirovka likopchasiga soling, oldindan zaytun yog‘i/tuz/murchda qovurilgan veshenkalarni terib chiqing, sirkalangan cherri pomidorlari, sirkalangan yashil olma, parmezan bilan bezating, atrofiga yashil sous quying va ziravor-yong‘oq aralashmasi seping.

Taom bezagi

droplet

6

chef

Salat tayyor, yoqimli ishtaha!

Comments

Most Recent

Navigation

    Links

    • Become a Borjomi distributor
    • Feedback

    Developed By Leavingstone

    Developed By Leavingstone