• Gastro qoʻllanma

    Bizning oshpazlar

    Maslahatlar

    Retseptlar

  • Restogid

    Restoranlar

  • Borjomi bilan taomlar

  • Gastronomik tadbirlar

Krevetkali gyodza

Yupqa xamir o‘z ichiga nozik dengiz ta’miga ega sersuv krevetkali qiymani yashiradi. Tilla rangda qovurilgan gyodza taomga biroz achchiq ta'm baxsh etuvchi spaysi sousi bilan birga tortiladi, qarsildoq kartoshkali tyuil esa o‘zgacha tuzilish va nafis urg‘u beradi.

Krevetkali gyodza

Tayyorgarlik vaqti

0-30 daqiqa

Qiyinchilik

Oʻrtacha

kkal

250-500

Taom turi

Yengil tamaddi

Borjomi tsitrus limonati
Borjomi tsitrus limonati

Mos tushadi

Borjomi tsitrus limonati

Lyubov Tsoy

Retsept muallifi

Lyubov Tsoy

Krevetkali gyodza

Ingredientlar

Xom krevetka

400 gr

Pekin karami

150 gr

Ko‘k piyoz

30 gr

Sarimsoq tishchalari

15 gr

Zanjabil

10 gr

Achchiq chili qalampiri

5 gr

Soya sousi

45 gr

Shriracha sousi

10 gr

Shakar

5 gr

Tuz

5 gr

Qadam

droplet

1

chef

Ish joyini tayyorlang: har bir masalliq qo‘l ostingizda bo‘lishi uchun kerakli narsalarni oldindan olib joylashtiring. Krevetkalarni po‘stlog‘idan tozalang, ko‘katlarni yuvib quriting, gyodza uchun xamir tayyorlang.

Qadam

droplet

2

chef

Pichoq yordamida krevetkalarni yirik qiyma holiga kelguncha maydalang — ta’mini saqlab qolish uchun ularni pyurega aylantirib yubormaslik muhim. So‘ng maydalangan ko‘katlar, achchiq pasta, ziravorlar va yog‘ qo‘shib, bir tekis massa hosil bo‘lguncha yaxshilab aralashtiring. Solinma quyuq va xushbo‘y chiqishi kerak.

Qadam

droplet

3

chef

Har bir xamir varag‘ining o‘rtasiga 1 choy qoshiqdan qiymani soling. Chekkalarini suv bilan ozgina namlab, ikkiga buklang va bir chetidan ikkinchi chetiga qarab chiroyli qilib tuging.

Qadam

droplet

4

chef

Gyodzani qizdirilgan tovada 2–3 daqiqa davomida tillarang bo‘lgunicha qovuring. So‘ng 50 ml suv quying-da, darhol qopqog‘ini yopib, yana 3–4 daqiqa bug‘da pishiring.

Taom bezagi

droplet

5

chef

Gyodzani spaysi-sous bilan dasturxonga torting — u taomga achchiq va yorqin ta’m baxsh etadi. Taomning ustiga chiroyli ko‘rinishi va o‘ziga xos tuzilishi uchun qarsildoq kartoshkali tyuildan qo‘ying. Dengiz mahsulotlari ta’mi, achchiqlik va qirsillash birgalikda taomni to‘laqonli va unutilmas qiladi.

Izohlar

Most Recent

Navigatsiya

  • Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash
  • IDS BORJOMI VEB-SAYTLARI FOYDALANISH QOIDALARI

Havolalar

  • Borjomi distribyutori bo‘ling
  • Fikr-mulohaza

Enhanced by

Enhanced by