Restoranga qaytish
Ko‘k salat va adjikali fermer jo‘jasi
Fermer jo‘jasi – hamma yerda tayyorlanadigan taom. Biroq Sirovarniaʼda u o‘zgacha. Bu yerda butun jo‘ja goʻshti olinib, umurtqasi ajratiladi, so‘ng olti-yetti soat davomida tuz, murch, rozmarin, sarimsoqpiyoz hamda zaytun yog‘ida marinadlanadi va tandir yoki duxovkaga qoʻyiladi. Natijada go‘sht sershira, terisi esa qarsildoq bo‘lib pishadi. Yoniga esa likopchada – limon-asal aralashmasi qo‘shilgan yangi ismaloq, bodring va sabzili salat, qirg‘ichdan chiqarilgan parmezan hamda yangi pomidorlardan tayyorlangan adjika sousi tortiladi. Oddiy, tushunarli va juda mazali.

Tayyorgarlik vaqti
60+ daqiqa
Qiyinchilik
Oʻrtacha
kkal
250-500
Taom turi
Asosiy taom




