• Gastro qoʻllanma

    Bizning oshpazlar

    Maslahatlar

    Retseptlar

  • Restogid

    Restoranlar

  • Borjomi bilan taomlar

  • Gastronomik tadbirlar

Ko‘k salat va adjikali fermer jo‘jasi

Fermer jo‘jasi – hamma yerda tayyorlanadigan taom. Biroq Sirovarniaʼda u o‘zgacha. Bu yerda butun jo‘ja goʻshti olinib, umurtqasi ajratiladi, so‘ng olti-yetti soat davomida tuz, murch, rozmarin, sarimsoqpiyoz hamda zaytun yog‘ida marinadlanadi va tandir yoki duxovkaga qoʻyiladi. Natijada go‘sht sershira, terisi esa qarsildoq bo‘lib pishadi. Yoniga esa likopchada – limon-asal aralashmasi qo‘shilgan yangi ismaloq, bodring va sabzili salat, qirg‘ichdan chiqarilgan parmezan hamda yangi pomidorlardan tayyorlangan adjika sousi tortiladi. Oddiy, tushunarli va juda mazali.

Ko‘k salat va adjikali fermer jo‘jasi

Tayyorgarlik vaqti

60+ daqiqa

Qiyinchilik

Oʻrtacha

kkal

250-500

Taom turi

Asosiy taom

Faxriddin Shodiyev

Retsept muallifi

Faxriddin Shodiyev

Ko‘k salat va adjikali fermer jo‘jasi

Ingredientlar

Fermer jo‘jasi (tayyor)

400 gr

Yangi ismaloq

20 gr

Karsillama bodring

15 gr

Yangi sabzi

15 gr

Yangi pomidorlardan adjika sousi

40 gr

Limon-asal qaylasi

ta'bga ko'ra

Qirg‘ichdan o‘tkazilgan parmezan

ta'bga ko'ra

Tuz, qora murch

ta'bga ko'ra

Rozmarin

ta'bga ko'ra

Sarimsoq

1 donacha

Zaytun moyi

ta'bga ko'ra

Qadam

droplet

1

chef

Yangi jo‘ja goʻshtini oling va uning umurtqasini olib tashlang – shunda u yassilanib ochiladi va bir tekisda pishadi. Yaxshilab quriting.

Qadam

droplet

2

chef

Jo‘jaga tuz, qora murch, rozmarin va maydalangan sarimsoq surtib, ustidan zaytun moyi seping. Marinad go‘shtga yaxshi singishi uchun 6–7 soatga sovutkichga qo‘ying.

Duxovkani 200°C gacha yoki tandirni 360°C gacha qizdiring. Jo‘jani solib: duxovkada 20–25 daqiqa, tandirda esa 10–15 daqiqa davomida pishiring. Pishirish vaqti jo‘janing kattaligiga bog‘liq.

Pishganini tekshiring – go‘shtning ichi pushti rangda bo‘lmasligi kerak. Jo‘jani likopcha yoki yog‘och taxtachaga qo‘ying. Yoniga limon-asal qaylali yangi ismaloq, bodring hamda sabzili salat torting. Ustidan qirg‘ichdan chiqarilgan parmezan seping. Shuningdek, yangi pomidorlardan tayyorlangan adjika ham qo‘ying.

Taom bezagi

droplet

3

chef

Dasturxonga issiq holda tortiladi. Tushlik uchun bir kishiga bir porsiya, kechki ovqatda esa gazakdan so‘ng ikki kishiga – bitta porsiya.

Izohlar

Most Recent

Navigatsiya

  • Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash
  • IDS BORJOMI VEB-SAYTLARI FOYDALANISH QOIDALARI

Havolalar

  • Borjomi distribyutori bo‘ling
  • Fikr-mulohaza

Developed By Leavingstone

Developed By Leavingstone