• Gastro qoʻllanma

    Bizning oshpazlar

    Maslahatlar

    Retseptlar

  • Borjomi bilan taomlar

  • ENG

Ismaloq va pishloq to'ldirmali xachapuri

Ismaloq va pishloq to'ldirmali xachapuri

Tayyorgarlik vaqti

60+ daqiqa

Qiyinchilik

Oʻrtacha

kkal

250-500

Taom turi

Starter

Borjomi tsitrus limonati
Borjomi tsitrus limonati

Mos tushadi

Borjomi tsitrus limonati

Retsept muallifi

Ismaloq va pishloq to'ldirmali xachapuri

Ingredientlar

Yog'

50 ml

Shakar

20 gr

Tuz

3 gr

Xamirturush

20 gr

Un

1500 gr

Yog'

10 gr

Piyoz

2 dona

Cho‘chqa yog‘i yoki eritilgan sariyog‘

200 gr

Ko‘k piyoz

30 gr

Kashnich

30 gr

Arpabodiyon

30 gr

Imeretiya tuzlangan pishlog‘i

800 gr

Ismaloq

1 kr

Qadam

droplet

1

chef

Tog'orachaga 1 kilogramm unni elab oling; kichikroq idishda xamirturush va shakarni aralashtiring, iliq suv qo‘shing so'ngra xamirturush oshishini kuting.

Qadam

droplet

2

chef

Unga tuzni qo‘shib, xamirturush va suv bilan aralashtiring, xamir qoring. Suv va unning aniq nisbatini aytish qiyinroq, hamma narsa qorish ko'nikmalariga bog‘liq. Xamir yumshoq va qo‘lga yopishmaydigan bo‘lishi kerak, shunda u tayyor bo‘ladi. Oxirida uni o‘simlik yog‘i qo'shib yana qorib oling, oddiy mato yoki plastik qopqoq bilan yoping. Xamirning ko‘tarilishini kuting.

Qadam

droplet

3

chef

Bu orada ismaloq va ko‘katlarni yuvib, maydalab to‘g‘rang, qo‘lda ezib oling va unga qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq qo‘shing. Alohida tovada cho‘chqa yog‘i yoki eritilgan sariyog‘da 2 dona mayda to‘g‘ralgan piyozni qovurib, to'ldirmaga qo'shing va yaxshilab aralashtiring.

Qadam

droplet

4

chef

Xamir oshgach, uni bir necha bo‘laklarga bo‘ling. Misol uchun men, uch bo'lakka bo‘laman — bunda to'ldirmani ham uchta sharchaga, hajmi xamirga nisbatan kichikroq qilib bo'lib olish kerak.

Qadam

droplet

5

chef

Xamirni taxminan 0,7 santimetr qalinlikda yoyib, to'ldirmani o‘rtaga soling va xamirni yoping. Sharni bir oz yalpoqlang, tovaga qo‘ying, xachapuriga yakuniy shakl bering va 220 darajagacha qizdirilgan pechga joylang. 10-15 daqiqa davomida pishiring. Tayyor xachapuri yuzasiga sariyog‘ surting. Dasturxonga issiq holda torting.

Taom bezagi

droplet

6

chef

Maslahat: ismaloq o'rniga lavlagi barglaridan foydalanish mumkin, tayyorlashning qolgan boshqa qismlari o‘zgarishsiz qoladi. Siz shuningdek, ta’bingizga ko‘ra kamroq tuzlangan pishloqni tanlashingiz ham mumkin.

Comments

Most Recent

Navigation

    Links

    • Become a Borjomi distributor
    • Feedback

    Developed By Leavingstone

    Developed By Leavingstone