Baqlajon va ot go‘shtidan bifshteks
Ot go‘shtining lahm qismi va kam miqdorda ot yog‘ini go'sht qiymalagichdan o‘tkazishdan oldin yengil tuzilishga ega bo‘lishi uchun bir oz muzlatib olinadi. Qiymaga mayinlik baxsh etish uchun unga sariyog‘da qovurilgan piyoz va tost noni qo‘shiladi.
Kotletni go‘shtning butun sharbatini o‘ziga shimib olishi uchun archib pishirilgan baqlajon ustiga qo‘yib, mayin ta’mli bedana tuxumlari bilan bezatilib dasturxonga tortiladi.
Murchli sous (qaymoq va murch qo‘shilgan demiglas) taomga qaymoqdek mayinlik bersa, ko‘katlar va cherri pomidorlari aralashmasi uyg‘un kompozitsiyani yakunlab beradi.

Tayyorgarlik vaqti
30-60 daqiqa
Qiyinchilik
Oʻrtacha
kkal
500+
Taom turi
Asosiy taom


Mos tushadi
Borjomi mineral suvi






