• Gastro qoʻllanma

    Bizning oshpazlar

    Maslahatlar

    Retseptlar

  • Restogid

    Restoranlar

  • Borjomi bilan taomlar

  • Gastronomik tadbirlar

Oshpaz

Tran Van Txang

Ember

Ishlaydi

Ember

Tran Van Txang o‘z faoliyatini eng quyi pog‘onadan – orqasida na biror mashhur ustozi va na biror kafolati bo‘lmagan holda, oddiy oshxona yordamchiligidan boshlagan. Faqat taom tayyorlashga bo‘lgan ishtiyoq, intizom va har kuni o‘rganishga tayyorlik. Aynan shu xislatlar asli vyetnamlik bo‘lgan bu yigitni dunyoning yarmini kezib, Toshkentdagi eng nufuzli mehmonxonalardan birining bosh oshpazi lavozimiga olib keldi.

U 12 yillik faoliyati davomida har qanday oshpaz orzu qiladigan oshxonalar: Dubaydagi One&Only Royal Mirage, Abu-Dabidagi The Ritz-Carlton Grand Canal, Ummon va Dubaydagi Anantara, Jumeirah Zabeel House, Emeralds Maldives Resort & Spaʼda ishlagan. Bu maskanlarning har biri uning mahoratiga, mahsulotni his qilishiga, an’anaviy ta’mlarni zamonaviy yondashuv bilan uyg‘unlashtirish qobiliyatiga yangi bir qirra qo‘shib bordi.

Uning oshpazlik uslubi asl retseptga hurmat asosiga qurilgan: u tayyorlagan vyetnamcha Fo Bo – aynan o‘sha, takrorlanmas, teran va nafis ta’mli sho‘rva. Bo Luk Lak esa – go‘shtning nafisligi va bolalikdan tanish yorqin ta’m o‘rtasidagi mukammal muvozanatdir. Ammo dasturxonga tortish usuli esa hamisha zamonaviy va bejirim. Bugungi kunda Tran Van Txang InterContinental Tashkentʼning Ember restoranida Osiyo taomlari yo‘nalishiga boshchilik qiladi. U uchun pazandalik shunchaki kasb emas. Bu – insonlarni taomlar orqali birlashtirish vositasidir.

Oshpaz retseptlari

0 Jami retseptlar

Navigatsiya

  • Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash
  • IDS BORJOMI VEB-SAYTLARI FOYDALANISH QOIDALARI

Havolalar

  • Borjomi distribyutori bo‘ling
  • Fikr-mulohaza

Enhanced by

Enhanced by