• Gastro qoʻllanma

    Bizning oshpazlar

    Maslahatlar

    Retseptlar

  • Restogid

    Restoranlar

  • Borjomi bilan taomlar

  • Gastronomik tadbirlar

Oshpaz

Sazonov Andrey

Shiroyama

Ishlaydi

Shiroyama

Men — Aktaudagi Shiroyama restoranining bosh oshpaziman va gastronomiya men uchun bir umrlik mashg‘ulotga aylangan. Oshxonadagi faoliyatim 2013-yili kollejdagi amaliyot paytida boshlangan. Kasbiy muhit o‘zining shiddati, tartib-intizomi va hissiyotlar hadya etuvchi taomlar yaratish imkoniyati bilan meni darhol o‘ziga rom etdi va natijada bu mening keyingi yo‘limni belgilab berdi.

Ish faoliyatimni “Assorti” restoranlar tarmog‘ida issiq taomlar tsexi oshpazi lavozimidan boshlaganman. U yerda dastlabki ko‘nikmalarga ega bo‘lib, oshxonaning asosiy jarayonlarini o‘zlashtirdim. Keyingi muhim bosqich “Barashka” restorani bo‘ldi, u yerda boshqaruv tajribamni kengaytirib, mahoratimni oshirib, su-sheflik darajasigacha ko‘tarildim.

Kasbiy o‘sishim Shiroyama restoranida davom etdi. Bu yerga bosh oshpazning taklifi bilan su-shef lavozimiga kelgandim. Vaqt o‘tishi bilan tajribam va o‘z ishimga bo‘lgan fidoyiligim tufayli restoran oshxonasiga bosh oshpaz sifatida rahbarlik qila boshladim.

Bugun Yevropa, Osiyo va Italiya taomlaridan ilhomlanib, turli madaniyatlar va uslublar uyg‘unligida qiziqarli taomlar yaratib, o‘z uslubimni rivojlantirmoqdaman. Men uchun oshpazlik kasbi – bu, avvalo, katta mehnat va o‘z ishiga to‘la fidoiylik demakdir. Har bir natija ortida ko‘p yillik zahmat, qat’iy intizom va gastronomiyaga bo‘lgan muhabbat yotadi.

Pazandachilikda suv asosiy elementardan biri bo‘lib, natija bevosita unga bog‘liq: sho‘rvalar, souslar, xamir va marinadlar aynan suv asosida tayyorlanadi. Borjomi suvining mineral tarkibi masalliqlar ta’mini chuqurroq ochishga, mahsulotlarning sersuvligi va tuzilishini saqlab qolishga yordam berib, taomlarni yanada yorqin va mutanosib qiladi.

Oshpaz retseptlari

0 Jami retseptlar

Navigatsiya

  • Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash
  • IDS BORJOMI VEB-SAYTLARI FOYDALANISH QOIDALARI

Havolalar

  • Borjomi distribyutori bo‘ling
  • Fikr-mulohaza

Enhanced by

Enhanced by