• Gastro qoʻllanma

    Bizning oshpazlar

    Maslahatlar

    Retseptlar

  • Restogid

    Restoranlar

  • Borjomi bilan taomlar

  • Gastronomik tadbirlar

Restoranga qaytish

Oshpaz

Nurjan Kilibayev

Byblos

Ishlaydi

Byblos

Men Nurjon Kilibayev, Byblos restoranining bosh-oshpaziman. Faoliyatim Steklo restoranida boshlangan, u yerda mahalliy pazandachilik asoslarini o‘rganganman va Alma-Atidagi “Simple Pleasure”da davom ettirganman. Byblos restoranining ochilishi bilan ish faoliyatimda muhim bir bosqich boshlandi: aynan shu yerda men bosh oshpaz darajasigacha ko‘tarildim, katta ish tajribasini orttirdim va gastronomiya borasidagi o'z bilimlarimni mustahkamladim.

Men Livan va yunon oshxonasi yo‘nalishida ishlayman va unga mahalliy an’analar chizgilarini qo‘shaman. Tojinda guruch bilan pishirilgan buzoq go‘shtini tayyorlab go‘sht ta’mini ziravor va sabzavotlar bilan uzoq vaqt past olovda dimlab, ohista ochib bera olaman. Pishirish jarayonida buzoq go‘shti mayin va sersuv bo‘ladi, guruch esa xushbo‘y qaylani o‘ziga singdirib olib, barcha ta’mlarni uyg‘un va yoqimli taomga o'zaro birlashtiradi.

Men uchun taomni murakkablashtirmaslik muhim: mehmonga sodda, ammo u yana tatib ko‘rish uchun qaytib keladigan darajada mazali va tushunarli taom tortishni istayman.

Suv — har qanday oshxonaning asosidir. Biz undan qaynatma, xamir va marinadlar tayyorlashda foydalanamiz. Suv nafaqat ta’mga, balki mahsulot tuzilishiga ham ta’sir qiladi.

Borjomi suvi o‘zining tabiiy minerallashuvi va ishqoriy muhiti bilan pazandachilik uchun ayni muddao: u mahsulotlarning tuzilishini yumshatadi, ta’miga urg'u beradi va issiqlik bilan ishlov berishni tezlashtirishi mumkin. Uning tarkibidagi minerallar sabzavotlarni pishirganda rangini saqlab qoladi, yengil sho‘rtamligi esa ta’mni nozik muvozanatga keltiradi. Bu shunchaki suv emas, balki oshpaz qo‘lidagi texnologik jihatdan qiziqarli bir tarkibiy qismdir.

Oshpaz retseptlari

0 Jami retseptlar

Navigatsiya

  • Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash
  • IDS BORJOMI VEB-SAYTLARI FOYDALANISH QOIDALARI

Havolalar

  • Borjomi distribyutori bo‘ling
  • Fikr-mulohaza

Enhanced by

Enhanced by