Restoranga qaytish
Oshpaz
Martin
Martin — uch xil ildiz va bir ishtiyoq sohibi. Otasi genuyalik, onasi Basklar o‘lkasidan, o‘zi esa Argentinada – go‘sht va ochiq olovga talpinish madaniyati ona suti bilan singdiriladigan yurtda tug‘ilgan. Ikkala buvisi ham ulardan 200 metr narida yashar, ikkisi ham doim plita yonida turardi: biri italyancha, ikkinchisi esa basklar taomlarini tayyorlardi. Ilk qiziqish, ilk savollar va taomlarga bo‘lgan ilk mehr aynan o‘sha yerdan boshlangan.
Biroq uning oshxonaga kirib kelish yo‘li kutilmagan tarzda kechdi. Klassik dunyoqarashga ega bo‘lgan otasi o‘g‘lining obro‘li kasb egasi bo‘lishini qat’iy talab qilardi. Martin avvaliga u bilan bahslashdi, keyin esa rozi bo‘ldi: katta kapitan-jarroh unvonini olib, harbiy xizmatni o‘tadi va ikki yil harbiy shifokor bo‘lib ishladi. So‘ng diplomini otasiga topshirdi-da, oshpazlikka o‘qishga ketdi – avval Argentinada, keyin esa Nyu-Yorkda tahsil oldi.
Ishni idish-tovoq yuvishdan boshlagan, haftada yetti kun – besh kun bir restoranda, ikki kun boshqa joyda bilim olish uchun tekinga ishlagan. Keyin Buenos-Ayresdagi nafis restoran, birinchi mehmonxona... va shu bilan boshlanib ketgan: Argentinadagi Hilton va Sheraton, to‘rt yil Ukrainada, so‘ng Kosta-Rika, Kipr, Ozarbayjon. Rossiyada – 12 yil, Moskvadagi Ritz va Ridds mehmonxonalari. Soʻngra Qatar. Va nihoyat – Toshkent, J.W. Marriott, ELYO restorani.
Bugun Martin 53 yoshda. Uning qo‘l ostida 53 nafar oshpazdan iborat jamoa faoliyat yuritadi. Martin ularni o‘z oilasi deb biladi. Rasm chizadi, vinil plastinkalar tinglaydi, opera va teatrga tushadi. Taomni uyda – qora tryufelli rizotto va mangalda argentinacha uslubda go‘sht pishirishni xush ko‘radi. U bir narsaga amin: yaxshi oshpaz bo‘lishni o‘rgatish mumkin. Yaxshi inson bo‘lishni esa – yo‘q.
Oshpaz retseptlari
0 Jami retseptlar
