• Gastro qoʻllanma

    Bizning oshpazlar

    Maslahatlar

    Retseptlar

  • Restogid

    Restoranlar

  • Borjomi bilan taomlar

  • Gastronomik tadbirlar

Oshpaz

Faxriddin Shodiyev

Instagram
Sirovarnya

Ishlaydi

Sirovarnya

Faxriddin Shodiyev Qashqadaryo viloyatining qadimiy Shahrisabz shahrida voyaga yetgan. Ovqat pishirishni uyida boshlagan – onasi somsalar pishirar, kichkina Faxriddin esa kuzatib, yodlab olar va takrorlashga urinardi. Uchinchi sinfda tuxum qovurgan bo‘lsa, beshinchi sinfda somsa xamirini qora oladigan bo‘ldi. 2001-yili 18 yoshida u rasman oshpazlikka kirishdi va o‘shandan beri to‘xtagani yo‘q.
Dastlabki yillarini o‘z yurtida o‘zbek milliy taomlarini pishirish bilan o‘tkazdi. 2005-yilda esa Moskvaga jo‘nab ketdi: televizorda yevropaliklarning taomlarni qanday bezatishini ko‘rib, buni o‘rganish istagi tugʻildi. Taxminan bir yil o‘zbek oshxonasida ishlab, tezda bosh oshpaz darajasiga ko‘tarildi. Biroq bu uni qoniqtirmadi – bundan ham ko‘prog‘ini xohlardi. Shunday qilib, yangi davr boshlandi: bir necha yil ichida italyan, norveg va boshqa Yevropa oshxonalariga ixtisoslashgan 6-7 ta restoranda ishlab, tajriba orttirdi.


2011-yili Novikov Group’ga ishga kirib, u yerda o‘n yil faoliyat yuritdi. Mr. Li restoranida 15 nafar xitoylik oshpaz orasida, Wok Café’da hamda White Rabbit Groupʼning italyan restoranida ishladi. Xorijliklardan o‘rganish va ish texnikasini ich-ichidan o‘zlashtirish uchun atayin bosh oshpaz emas, oddiy oshpaz lavozimlarini tanladi. Keyin esa mashhur italiyalik Mirko Dzalbotning Ayz restoraniga shogird bo‘lib kelib, su-shef darajasiga ko‘tarildi. Ular birgalikda yangi loyihalar, pitseriyalar va pasta restoranlarini ochishdi.


2021-yili Toshkentga qaytib keldi. Poytaxtning eng yaxshi restoranlaridan birida ishlab, 2022-yildan Sirovarnya oshxonasiga rahbarlik qila boshladi. Hozir u 41 yoshda va uning qo‘l ostida 50 nafardan ortiq oshpaz ishlaydi. U bir yilda yaxshi oshpaz bo‘lib yetishish mumkin, ammo yaxshi yetakchi bo‘lish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi deb hisoblaydi.

Oshpaz retseptlari

0 Jami retseptlar

Navigatsiya

  • Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash
  • IDS BORJOMI VEB-SAYTLARI FOYDALANISH QOIDALARI

Havolalar

  • Borjomi distribyutori bo‘ling
  • Fikr-mulohaza

Developed By Leavingstone

Developed By Leavingstone