• Gastro qoʻllanma

    Bizning oshpazlar

    Maslahatlar

    Retseptlar

  • Restogid

    Restoranlar

  • Borjomi bilan taomlar

  • Gastronomik tadbirlar

Oshpaz

Andrey Salnikov

Instagram
Salama

Ishlaydi

Salama

Andrey Salnikov Yekaterinburgda ulg‘aygan va pazandachilik sohasiga o‘zgacha yo‘l bilan kirib kelgan. Bolaligida zarurat yuzasidan – uyda hech kim bo‘lmagani uchun nimadir yeyish kerak bo‘lganda ovqat pishirgan. U o‘zini oshpaz sifatida tasavvur qilmasdi: professional tarzda dzyudo bilan shug‘ullanib, Sverdlovsk viloyati terma jamoasi a’zosi bo‘lgan, jigarrang belbog‘ sohibi va sport ustasi nomzodi unvonini qo‘lga kiritgan. Biroq oilasining ko‘chib oʻtishi uning sportdagi faoliyatiga nuqta qo‘yadi va onasi pazandachilik kollejida o‘qishni taklif qiladi. Avvaliga istar-istamas rozi bo‘ladi-yu, keyin bu oʻz ishi ekanini anglab yetadi.


15 yoshida o‘qishni boshlagan, 17 yoshida esa ilk rasmiy ishini boshlagan. Birinchi restorani – Yekaterinburgdagi 2000 o‘rinli, Osiyo, italyan va rus taomlari taklif etiladigan, ulkan ikki qavatli maskan edi. Andrey Osiyo yo‘nalishida ishlagan: teppan, vok va sushi tayyorlagan. U yerda haftasiga 200 kg lososni bo‘laklab, bu ishni puxta o‘rgangan. Bu uning uchun asosiy poydevor bo‘ldi.


Keyin – Kef restorani, Chelyabinsk, Novosibirsk, Kavkaz hamda Moskva va Peterburgdagi amaliyotlar bo‘lgan. Eng muhimi, Peterburgdagi restoranga yozgan xati uni S. Pellegrino tanlovining Rossiya, MDH va Boltiqbo‘yi mamlakatlari bo‘yicha g‘olibi, bosh oshpaz Arslon Berdiyev bilan uchrashtirdi. Ular birgalikda Yekaterinburgda CIBO restoranini ochishdi va Andrey u yerda ilk bor su-oshpaz bo‘lib ishladi.
Shu bilan birga, u oshxonadan tashqarida ham ijodiy faoliyat yuritardi: televideniyedagi suratga tushishlar, mahorat darslari, pazandachilik shoulari hamda pandemiya paytida ochilgan onlayn maktab – aynan shu maktabdagi pazandachilik asoslari, nonushtalar, sog‘lom ovqatlanishga oid kurslar unga bir oy ichida TikTok’da 80 000 nafar obunachi olib keldi.


Olmaotadagi sakkiz oylik faoliyatidan so‘ng, 2024-yilda SunGroup uni ishga taklif etdi va u Toshkentga keldi. Hozir u 36 yoshda. O‘zining aytishicha, u sekin ko‘tarilayapti, lekin hech qachon to‘xtamaydi.

Oshpaz retseptlari

0 Jami retseptlar

Navigatsiya

  • Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash
  • IDS BORJOMI VEB-SAYTLARI FOYDALANISH QOIDALARI

Havolalar

  • Borjomi distribyutori bo‘ling
  • Fikr-mulohaza

Developed By Leavingstone

Developed By Leavingstone