Oshpaz
Afis Davrishov
Men — Afis Davrishov, Mongol Chill Out Bar restorani bosh-oshpaziman va mana 5 yildirki uning oshxonasiga rahbarlik qilib kelaman. Restoran sanoatidagi ongli faoliyatim Alma-Ati texnologiyalar va menejment kollejida “Oshpaz-texnolog” mutaxassisligi bo‘yicha maxsus ta’lim olganimdan so‘ng boshlangan.
2012-yildan boshlab bir necha yil davomida Maksim Belousov qo‘l ostida GQ-bar restoranida universal oshpaz bo‘lib ishladim. Shundan so‘ng menga “Золото” restoranini ishga tushirishni taklif qilishdi va biz buni muvaffaqiyatli amalha oshirdik. Keyinchalik Leo‘s, Daily, Sizon va Manana kabi mashhur loyihalarni ochdim va ularda faoliyat yuritdim. Shuningdek, xorijda – Dubay va Toshkentda yangi restoranlarni ishga tushirishda qatnashish baxtiga muyassar bo‘ldim va u yerda aql bovar qilmas, juda qimmatli tajriba to‘pladim.
Men o‘z kasbimni chin dildan sevaman va turli gastronomik yo‘nalishlarni o‘rganib, doimo o‘z ustimda ishlayman. Yevropa, milliy, yapon, o‘zbek va panosiyo taomnomalari bilan yaxshi tanishman, biroq ular orasida aynan Yevropa oshxonasi ko'proq yoqadi.
Mening asosiy pazandalik maslahatim: mavsumiy mahsulotlarni tanlang — shunda taomlaringiz nafaqat mazaliroq, balki ancha foydaliroq ham bo‘ladi.
Oshpaz retseptlari
0 Jami retseptlar
