Ziravorlarni har qanday mahsulot bilan moslashtirishni qanday o‘rganib olish mumkin?
4 min. o'qing
Ziravorlarni har qanday mahsulot bilan moslashtirishni qanday o‘rganib olish mumkin?

Har qanday oshxonadagi dolzarb mavzu — bu ziravorlardan oqilona foydalanishdir. Ularga shunchaki “taomga xushbo'ylik baxsh etuvchi qo‘shimcha” deb emas, balki to‘laqonli pazandalik vositasi sifatida qarash lozim. To‘g‘ri tanlangan ziravorlar go‘shtning ta’mini kuchaytiradi, ortiqcha yog‘ni olib tashlaydi, sho‘rvaga teran ta’m bag‘ishlaydi va sabzavotlarning tabiiy shirinligini yorqinroq qiladi.
Ziravorlar tanlovi bevosita mahsulotning tuzilishi va ta’mining to‘yinganligiga bog‘liq:
Mayin go‘sht: mahsulot o‘zining tabiiy ta'mini yo‘qotmasligi uchun mayin ziravorlar talab etadi (tog‘rayhon (timyan), rozmarin, shivit, petrushka, limon po'stlog'i).
Yog‘li va ta’mi to‘yingan go‘sht: ta’mga teranlik baxsh etuvchi va yog‘lilikni me’yorlashtiruvchi yorqin ziravorlarni xush ko‘radi (zira, kashnich, qora murch, paprika, sarimsoq, chili).
Dimlash va sho‘rvalar: bu taomlarga uzoq pishirish jarayonida o‘z hidini asta-sekin taratadigan ziravorlar kerak bo‘ladi (lavr yaprog‘i, xushbo‘y murch, qalampirmunchoq, tog‘rayhon, rozmarin, kashnich).

Turli mahsulotlar uchun mukammal uyg‘unliklar
Mol go‘shti
Steyk uchun: qora murch va rozmarin.
Dimlama uchun: paprika, tog‘rayhon, dafna yaprog‘i.
Sho‘rvalar uchun: lavr yaprog‘i va xushbo‘y murch.
Qo‘y go‘shti
O‘ziga xos kuchli tabiiy hidga ega, shu sababli ziravorlar bu hidni yashirmasdan, aksincha, me’yorlashtirishi lozim. Zira, kashnich, rozmarin, sarimsoq, tog‘rayhon, qora murch ayni muddao. Muhim jihat: zira me’yoridan oshib ketsa, taomga haddan tashqari quyuq ta’m berib, uni buzishi mumkin. Doim o‘zini oqlaydigan uyg‘unliklar: zira + kashnich + sarimsoq; rozmarin + sarimsoq.
Tovuq go‘shti
Unga paprika, qalampirmunchoq, sarimsoq, zarchava, karri, tog‘rayhon, oregano va rayhon juda mos keladi. Biroq ehtiyot bo‘ling: rozmarin ta’mda keskin ustunlik qiladi, qalampirmunchoq yoki dolchinning ko‘pligi esa tovuq go‘shtiga shirinlik ta’mini berib qo‘yishi mumkin.
Kurka go‘shti
Mayin giyohlarni xush ko‘radi. Mavrak, tog‘rayhon, sarimsoq va paprika yaxshi mos tushadi.
Baliq va dengiz mahsulotlari
Eng yaxshi hamrohlari — limon, shivit, sarimsoq va tog‘rayhon.
Tayming: ziravorlarni aynan qachon qo‘shish kerak?
Ziravorlarni solish vaqti yakuniy natijaga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi:
— Pishirish boshida (yog‘da hidi va ta’mi ochilishi uchun): zira, kashnich, karri, paprika.
— Pishirish o‘rtasida (chuqur ta’m berishi uchun): tog‘rayhon, rozmarin, lavr yaprog‘i.
— Pishirish oxirida (xushbo‘y hid berishi uchun): barra ko‘katlar, sarimsoq, qora murch, rayhon.
Ziravorlar bilan ishlashda yo‘l qo‘yiladigan 4 ta keng tarqalgan xato
Ziravorlar ko‘pligidan taomning “kir” bo'lishi. Bitta taom uchun maqbul formula: 2–4 ta asosiy ziravor va 1 ta yorqin urg‘u.
Barcha ziravorlarni birdaniga qo‘shish. Yuqorida aytilganidek, ayrim ziravorlarni yog‘da qizdirib olish kerak, boshqalarini esa eng oxirida solish lozim.
Rozmarinni me’yoridan ortiq ishlatish. Bu juda kuchli ziravor bo‘lib, ayniqsa mayin baliq go'shti, tovuq go‘shti va yengil sho‘rvalar uchun xavflidir.
Lavr yaprog‘ini haddan tashqari uzoq qaynatish. Agar u 30–40 daqiqadan ortiq qaynatilsa, sho‘rvaga taxir ta’m bera boshlaydi.
Bosh-oshpazning asosiy qoidasi:
ziravorlar mahsulotning ta’mini yashirmasligi, balki kuchaytirishi kerak. Agar yaxshi go‘shtni ziravorlar qo‘shilgandan keyin “tanib” bo‘lmasa, demak, ular haddan tashqari ko‘p.
Muallif:
Ергешалиев Санжарбек
Izohlar