Yashil sabzavotlarning foydalari

2 min. o'qing

Yashil sabzavotlarning foydalari

2 min. o'qing

Yashil sabzavotlarning foydalari

Nima uchun yashil sabzavotlarni iste’mol qilish kerak

Yashil bargli sabzavotlar sog‘lom ovqatlanishning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, vitaminlar, minerallar va kletchatkaga boy, shu bilan birga past kaloriyali hisoblanadi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kundalik ovqatlanishida yashil sabzavotlar ko‘p bo‘lgan odamlarning xotirasi yaxshi bo‘ladi.

Deyarli barcha yashil sabzavotlar kalsiy manbai hisoblanadi, bu esa ayniqsa vegan ovqatlanishida juda muhim ahamiyatga ega.

Tadqiqotlardan biriga ko‘ra, yashil parhez va gipertenziya o‘rtasida bog‘liqlik borligi aniqlangan. Yashil rang ko‘proq bo‘lsa, yurak-qon tomir kasalliklari xavfi kamroq bo‘ladi.

Bargli sabzavotlar ko‘z salomatligi uchun zarur bo‘lgan moddalar - zeaksantin va lyuteinga boy bo‘lib, ko‘zni yosh bilan bog'liq kasalliklaridan himoya qiladi.

uploads/16-cabbage-1a4f0d26.jpg
uploads/16-kale-82609238.jpg
uploads/16-micro-28a2e414.jpg
uploads/16-rukola-91530776.jpg
uploads/16-spinach-f34f4d3d.jpg

Sabzavotlardan maksimal foyda olish uchun har kuni taomnomaga 1 stakan istalgan sabzavot yoki ularning aralashmasini kiritish tavsiya etiladi. Turli xil salatlar tayyorlashingiz, sevimli ichimliklaringiz, smuzilar bilan aralashtirishingiz mumkin. Yashil sabzavotlarning eng to‘yimli va mashhur turi:

1. Ismaloq oshpazlikda keng qo‘llaniladi, undan ko‘plab taomlar tayyorlash mumkin, shuningdek, issiqlik ishlovisiz salatlar va smuzilarda o‘zgarmas ta’mga ega.  A, C, K1, B guruh vitaminlari, foliy kislotasi va kalsiyga boy.

2. Keyl — yer yuzidagi eng ozuqaviy moddalarga boy sabzavot — vitaminlar (A, C, K), minerallar va antioksidantlarning haqiqiy koni. Xomligicha iste’mol qilish maqsadga muvofiq, chunki issiqlik bilan ishlov berilganda vitaminlarning bir qismi yo‘qoladi.

3. Mikroko‘katlar taomlarni bezash uchun ishlatilishidan tashqari, tarkibida ko‘plab foydali vitaminlar va ozuqa moddalari mavjud.

4. Karam C vitaminiga boy bo‘lib, organizmni surunkali kasalliklardan himoya qiladi. Bu qarsildoq sabzavot kletchatka manbai bo‘lib, ovqat hazm qilish tizimi salomatligi uchun do‘stona bakteriyalar hosil bo‘lishiga yordam beradi.

5. Rukkola boshqa yashil bargli sabzavotlar kabi A, K, B9 vitaminlariga boy. Tadqiqotlarga ko‘ra, qon aylanishini yaxshilaydi.




Izohlar