Uy sharoitida mazali qahva

1 min. o'qing

Uy sharoitida mazali qahva

1 min. o'qing

Uy sharoitida mazali qahva

Mazali qahvani uyda ham tayyorlash mumkin. Tanishing, so‘nggi kunlarning internet yulduzi — Dalgon qahvasi. Qahva nomi koreys shirinligidan olingan bo‘lib, ta’mi jihatidan ushbu oxirgiga juda o‘xshaydi.

Eng mashhur qahva Google qidiruv trendlarida birinchi o‘rinni egalladi.

Uni tayyorlash uchun sizga kerak bo‘ladi:

2 osh qoshiq eruvchan qahva
2 osh qoshiq shakar
2 osh qoshiq issiq suv

Barcha masalliqlarni bir idishda aralashtiring va massa yumshaguncha, taxminan 1-2 daqiqa davomida elektromikser yordamida ko‘pirtiring. Venchik bilan qo‘lda, taxminan 5-6 daqiqada ko‘pirtirishingiz mumkin. Finjonga sut quying, men bodomlidan foydalanaman. Agar issiq qahva ichishga qaror qilsangiz, sutni oldindan isitishingiz yoki sovuq, muz bilan ichishingiz mumkin. Qahva ko‘pigini finjonlarga taqsimlab, aralashtiring. Bu miqdor ikki finjon qahvaga mo‘ljallangan.


Muallif:

Nino Megrelidze

Izohlar