Tuxum uchun 10 ta g‘oya

2 min. o'qing

Tuxum uchun 10 ta g‘oya

2 min. o'qing

Tuxum uchun 10 ta g‘oya

Tomat sousidagi tuxum 

Bir nechta qaynatilgan tuxumni ikkiga bo‘lamiz. Tuxum sarig‘ini olib, ezib, unga dimlangan piyoz, kubik shaklida to‘g‘ralgan bulg‘or qalampiri, maydalangan sarimsoq piyoz va ko‘katlarni qo‘shamiz. Hosil bo‘lgan massaga ziravorlar, tuz va qora murch qo‘shamiz. Mayonez quyib, yaxshilab aralashtiramiz. Hosil bo‘lgan aralashmaga sharchalar shaklini beramiz va ular bilan tuxum oqining kesilgan bo‘laklarini to‘ldiramiz. Mazali tushligimiz tugallangan ko‘rinishga ega bo‘lishi uchun tomat sousi tayyorlaymiz. Buning uchun piyoz, bulg‘or qalampiri, qirg‘ichdan chiqarilgan pomidorni sarimsoq piyoz va ko‘katlar bilan qovuramiz. Suvda suyultirilgan tomat pastasini qo‘shamiz.

Ta’bga ko‘ra tuz va qalampir qo'shamiz. Aralashtiramiz va taom tayyor bo‘ladi. Taomni dasturxonga tortishdan oldin, tuxumlarni sous singib oldirish kerakligini unutmang.



"Faberje tuxumi"


"Faberje" tayyorlash uchun tovuq qaynatmasi kerak bo‘ladi. Uni sovutish va unga jelatin qo‘shish kerak. 2 soat kuting. Aralashma olovga qo‘yiladi va jelatin to‘liq eriguncha qizdiriladi. Sho‘rva aslo qaynab ketmasligi kerak, aks holda taom buziladi!

Xom tuxumni muzlatgichdan olib, pichoq uchi bilan pastki qismidan teshik oching va ichidagidan xalos bo'ling. Po‘stloqni soda qo‘shilgan suvda yuving. Po‘stloq uchun to'ldirma tayyorlashni boshlang.

Vetchina va bulg‘or qalampirini to‘g‘rang (chiroyli ko'rinish uchun yashil va qizildan foydalanishga harakat qiling). Po‘stloqning tagiga kubik shaklida to‘g‘ralgan bulg‘or qalampiri va ko‘kat barglarini terib qo‘ying. Qobiqni konservalangan no‘xat va makkajo‘xori doni bilan to‘ldiring. Jelatin bilan suyultirilgan sho‘rva qo‘shing. Taom deyarli tayyor bo‘ldi. Tuxumlarni salqin joyga qo‘yib, qotishini kuting. Massa quyuqlashganda, po‘stloq olib tashlang va tanovul qiling. Bu taom uchun shuningdek, mol tili ham mos keladi.



Tuxumli tartaletkalar


225 gr un va margarinni aralashtirib, tuz soling. Oz-ozdan 2 osh qoshiq sovuq suv qo‘shib, xamir qoring. Xamirni to‘rt bo‘lakka bo‘lib, zuvalachalarni o‘rab, taxtada yoyib, qoliplarga joylashtiring. Halqa shaklida to‘g‘ralgan piyozni yog‘da qovurib, tayyorlangan tartaletkalarga terib chiqamiz. Tuxumni ko‘pirtirib, tuz, murch sepib, qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq qo‘shing. Tayyor bo‘lgan massani tartaletkalarga terib, 200 darajagacha qizdirilgan gaz pechida 30 daqiqa davomida pishirib olamiz.

uploads/29-1-1-81cf9d97.jpg
uploads/29-3-04102277.jpg
uploads/29-2-ee2c23e1.jpg

Hilopites


Taomni tayyorlash uchun kerak bo‘ladi: 

  • 1 kg un
  • 3 dona tuxum
  • 250-300 ml sut
  • 250 gr pomidor
  • 1 osh qoshiq sariyog‘
  •  tuz.

Tayyorlanishi: 

Chuqur idishda tuxumlarni ko‘pirtiring. Boshqa idishda unni elab, chuqurcha hosil qiling. Ustiga ko‘pirtirilgan tuxum va ozgina sut quyib, xamir qoring. Agar kerak bo‘lsa, xamir elastik va qayishqoq bo‘lishi uchun sut qo‘shing. Xamirni un sepilgan taxtachaga yoyib, romb shaklida kesib oling. Ochiq havoda quriting.


Tay usulida tayyorlangan tuxum

Taomni tayyorlash uchun 6 ta tuxum kerak bo‘ladi. Tuxumlarni qaynatib, sovutib, po‘chog‘idan tozalang, teshib oling va kungaboqar yog‘ida oltin rang tusga kirguncha qovuring. Kungaboqar yog‘ida piyoz va 2 ta achchiq qalampirni dimlang. Tovada 2 osh qoshiq shakarni eritib, unga 1 osh qoshiq suv, 2 osh qoshiq limon sharbati qo‘shing va yaxshilab aralashtiring.

 

Ko'zachadagi tuxum



Oq qo‘ziqorin (borovik) - noyob qo‘ziqorin turi bo‘lib, taomimizning ajralmas tarkibiy qismidir. Qo‘ziqorinlarni qaynatib, mayda to‘g‘rab, piyoz bilan birga sariyog‘da qovuring.

Shundan so‘ng, 4 dona o‘rtacha kattalikdagi baqlajonni kubik shaklida to‘g‘rab, o‘simlik yog‘ida qovuramiz. Baqlajon, piyozli qo‘ziqorin va uzunasiga to‘g‘ralgan 4 dona qaynatilgan tuxumni qavatma-qavat qilib, chuqur qolipga soling. Ustki qatlam tuxumdan bo‘lishiga harakat qiling. 1 osh qoshiq smetana quying. Tuz, murch sepib, duxovkada pishgunicha pishiramiz. Tayyor taomga mayda to‘g‘ralgan shivit qo‘shib, dasturxonga torting.


Tuxumli salsa


2 ta qaynatilgan tuxumni mayda to‘g‘rang. 1/2 bog‘ ko‘k piyoz, tuzlangan bodringni maydalab, 6 osh qoshiq zaytun yog‘i, 2 osh qoshiq qizil vino sirkasi, bir chimdim shakar, maydalangan tarxun qo‘shing. Aralashtiring. Hosil bo‘lgan massani italyancha chiabatta noniga surting, yon tomonlariga sariyog‘ bo‘laklari, ingichka bo‘laklarga bo‘lingan rediska, pomidor, yashil va to‘q rangli zaytunlarni qo‘ying. Tayyor taomni butunligicha tanovulqiling.

Baqlajon ikrasi bilan omlet 


To‘yib ovqatlanishni va g‘ayrioddiy narsalarni tatib ko‘rishni xohlaganingizda, ushbu retseptdan foydalaning.

Ikra kun sayin qimmatlashib bormoqda, shuning uchun biz uning o'rniga uy sharoitida tayyorlangan baqlajon ikrasini ishlatamiz. Bizga 200 gr baqlajon, 50 gr piyoz, petrushka, bulg‘or qalampiri, pomidor pastasi, sarimsoq, kashnich va albatta tuz va qora murch kerak bo‘ladi.

Baqlajonni po‘stidan tozalang va piyoz, petrushka va bulg‘or qalampiri bilan birga go‘shtqiymalagichdan o‘tkazing. Hosil bo‘lgan massaga tomat pastasi qo‘shib, o‘simlik yog‘ida dimlang. Bir yarim soatdan so‘ng kashnich, tuz, maydalangan sarimsoq qo‘shib, aralashtiring — baqlajon ikrasi tayyor.

Ikrani eritilgan yog‘ bilan birga tovaga solib, ko‘pirtirilgan tuxumni qo‘shing. Pechga bir necha daqiqaga qo‘ying. Tayyor taomga barra petrushka seping.


To'ldirmali tuxum

Tuxumni qattiq pishiring. Po'stlog'i bilan uzunasiga kesing.  Po'stlog'ini shikastlamasdan, ichidagilarni ehtiyotkorlik bilan olib tashlang. Mayda to‘g‘rab, piyoz, murch, tuz, sirka va yog‘da suyultirilgan xantal qo‘shing. Aralashtiring. Hosil bo‘lgan massa bilan tuxum po‘stlog‘ini to‘ldiring, Tovaga qo‘ying va duxovkada pishiring. Taomni po‘stlog‘i bilan birga dasturxonga torting.
 

Vengercha tuxum

Qo‘ziqorinlarni sovuq suvda yaxshilab yuving va maydalang. Piyozni to‘g‘rang. Katta tovada 80 gr sariyog‘ni eriting. Piyoz va petrushkani qovuring, so‘ng qo‘ziqorinlarni qo‘shib, pishguncha qovurishni davom ettiring. Tuz va murch sepishni unutmang. Tayyor bo‘lgan qo‘ziqorinlarga qaymoq qo‘shib, aralashtiring.

Patnisga yog‘ surting va qo‘ziqorinlarni bir tekis yoying. 8 ta chuqurcha hosil qiling va har biriga bittadan xom tuxum soling.


Izohlar