Tovuq go‘shti haqida barchasi

4 min. o'qing

Tovuq go‘shti haqida barchasi

4 min. o'qing

Tovuq go‘shti haqida barchasi

Tovuq go‘shti juda foydali bo‘lib, unda oqsillar, vitaminlar, aminokislotalar va mineral moddalar ko‘p bo‘ladi. U inson organizmi tomonidan osonroq o‘zlashtiriladi, shuning uchun uni tez-tez iste’mol qilish mumkin.

Tovuqlar ikki zotli bo‘ladi: go‘sht va tuxum beruvchi. Go‘shtli zotlar tuxumli zotlarga nisbatan ko‘proq oqsil va yog‘ saqlaydi va shunga ko‘ra mazali bo‘ladi.

Go‘shtning o‘ziga kelsak, u "oq" va "to'q rang"li bo‘ladi. Oq go‘shtda to‘q rangli go‘shtga nisbatan to‘la qiymatli oqsillar ko‘p, yog‘ kam bo‘ladi. Tovuq terisi tarkibida ko‘p miqdorda yog‘ va shunga mos ravishda xolesterin mavjud. Qaynatilgan oq go‘sht barcha yoshdagi odamlar uchun zararsiz va foydali.




Tovuq go‘shtini qanday tanlash kerak:

Go‘shtdor zotli barra tovuq go‘shtini sotib olgan ma’qul. Yosh tovuqlarda jins katta ahamiyatga ega emas va ular ta’mi bo‘yicha farq qilmaydi, garchi katta tovuqlarni sotib olishda urg'ochisi afzalroqd

Go‘shtdor zotli tovuqlar tuxumdor zotli tovuqlardan ancha katta va shuni yodda tutingki, fermer tovuqlari asosan go‘sht yo‘nalishidagi tovuqlardan, "qishloq" tovuqlari esa tuxum yo‘nalishidagi tovuqlardan iborat. Fermer tovuqlari 2-3 oyligida go‘shtga topshiriladi, shunga ko‘ra, qaysi biri yaxshiroq ekanligini o‘zingiz hal qiling.

Voyaga yetgan tovuqlarning terisi dag‘al — oyoqlari dag‘al sarg‘ish tangachali, yog‘i tiniq sariq, yosh tovuqlarning terisi och rangli, qanotchalari ostida tomirlari ko‘rinib turadi, oyoqlari yumshoq, mayda sariq tangachalar bilan qoplangan bo'ladi.

Ovqatlanish borasida:

Yaxshi boqilgan tovuqning ko‘krak suyagi ko‘rinmaydi, yog‘ ko‘krakni yupqa qatlam bilan qoplaydi, terisi och rangda, to‘q tussiz bo‘ladi. Yaxshi boqilmagan tovuqning ko‘krak suyagi ajralib turadi, terisi kulrang, sarg‘ish yoki pushti (zotga qarab) rangda bo‘ladi.

Voyaga yetgan tovuqlarda yosh tovuqlarga qaraganda ko‘proq yog‘ bo‘lishi mumkin, lekin baribir yosh, yog‘i kamroq tovuqlarni sotib olgan ma’qul.


Yaqinda so‘yilgan qushni qanday aniqlash mumkin:

Parrandaning tumshug‘i quruq va zich, ko‘zlari to‘la, nordon hidi yo‘q, go‘shti zich va qayishqoq. Agar qush yashilroq tusga ega bo‘lsa, qo‘l ostida yumshoqlik sezilsa va nordon hid mavjud bo‘lsa — demak, u barra emas va uni sotib olishdan o‘zingizni tiying

Shuningdek, tovuqlar vitaminlar, antibiotiklar yoki gormonal preparatlar bilan emas, balki tabiiy ozuqa bilan boqilganda tovuq go‘shti foydali bo‘lishini hisobga oling. So‘nggi holatda yorliq yopishtiriladi va kerakli ma’lumotni mahsulot qadog‘ida o‘qishingiz mumkin, agar mahsulot qadoqlanmagan va yorlig‘i bo‘lmasa, unda savdo obyekti vakilidan tegishli hujjatni talab qiling.

Agar shunday tovuq yoki uning qismlarini sotib olishga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, pishirish paytida barcha noxush moddalardan xalos bo'lish uchun birinchi suvni to‘kib tashlang.

Va, yakunida, saqlash shartlari: barra tovuqni muzlatgichda +4-5 daraja haroratda 72 soat davomida saqlash mumkin. Tozalanmagan tovuq juda tez buziladi, shuning uchun uni o‘z vaqtida tozalash kerak. Buzilish teri yopishqoq bo‘lib qolganda va qanotchalar ostida och kulrang tusga kirganda seziladi.


Muallif:

Saba Ichkitidze

Izohlar