To'q sariq rangli kuz
2 min. o'qing
To'q sariq rangli kuz

Har bir faslning o‘z rangi bor, kuz, shubhasiz, to‘q sariq rangda. Buning sabablaridan biri, ehtimol, to‘q sariq rangli mahsulotlarning bisyorligidadir, bu esa kuzni yanada rang-barang qiladi. To‘q sariq sabzavotlar, birinchi navbatda, tanamizda A vitaminiga aylanadigan va sog‘lom teri, ko‘rish qobiliyati, reproduktiv va immun tizimi salomatligini saqlashga yordam beradigan juda ko'p miqdordagi beta-karotinni anglatadi.
Qovoq kaloriyasi past mahsulot bo‘lsa-da, vitaminlar, minerallar va antioksidantlarga boy. Mavsumiy infeksiyalarga qarshi kurashda aynan qovoq va undagi beta-karotin yuqori miqdori yordam beradi. Bundan tashqari, u yurak salomatligi uchun maxsus ozuqa moddalarini o‘z ichiga oladi. Qovoqdan turli xil shirin va tuzli taomlar tayyorlash mumkin.

Batat — o‘rtacha kattalikdagi sabzavot bo‘lib, atigi 100 kaloriyaga ega va beta-karotinning kunlik me’yorini ta'minlaydi. Kerakli vitaminlar va minerallar bilan ta’minlaydi, masalan, C vitamini, magniy va boshqalar.
Sabzining super kuchi sog‘lom ko‘rish qobiliyatini ta’minlashdir. Ko‘zlarni quyoshdan himoya qiladi va katarakta kabi kasalliklar xavfini kamaytiradi.
Sabzi o'z tarkibida kalsiy va K vitaminining juda ko'p miqdori bilan ajralib turadi, bu esa suyaklarni mustahkamlashga yordam beradi. Saraton xavfini kamaytiradi, chunki tarkibida ko‘p miqdorda antioksidantlar ham mavjud.
Sitrus - bir stakan yangi siqilgan apelsin sharbati bilan kunlik C vitamini miqdorini to‘ldirish mumkin, bu mavsumda juda muhim, homiladorlik davrida esa juda muhim bo‘lgan foliy kislotasi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Haqiqatan ham, garchi deyarli barcha do‘konlarda import qilingan sitrus mevalar uchrasa ham bizda apelsin kuz oxirida mavsumiy pisha boshlaydi.
Shaftoli kuzda yanada sersuv va mazali bo‘ladi, bundan tashqari, ajoyib xushbo‘y hididan tashqari, foydali xususiyatlari bilan ajralib turadi, A, E va K vitaminlariga boy, immun tizimi va ko‘rish qobiliyatini sog‘lomlashtiradi.
Hurmoni ilohiy meva deb ataydilar, chunki u foydali xususiyatlari bilan ajralib turadi - tarkibida A vitamini ko‘p, bu esa sog‘lom ko‘rish uchun zarur bo‘lgan vitamin, kletchatkaga boy, bu ovqat hazm qilish tizimining yaxshi ishlashini anglatadi, kaliy va ko‘p miqdorda elektrolitlar bilan ta’minlaydigan quvvatbaxsh mahsulot.
Ovqat hazam qilishni yaxshilash uchun foydali yog‘lar, masalan, sovuq siqilgan yog‘lar, turli xil yong‘oqlar va avokado iste’mol qilish kerak.
Mavsumiy mahsulotlardan ilhomlanish uchun Gastro Guide arxivini qayta ko‘rib chiqing.
Muallif:
Nino Megrelidze
Izohlar