Tarxun
1 min. o'qing
Tarxun

Tarxun pazandachilikda ham, parfyumeriyada ham, tibbiyotda ham faol qo‘llaniladi.
Xushbo‘y va yorqin tarxun (estragon) o‘ziga xos va noyob ta’mi bilan ajralib turadi. Uning tarkibi A, V, E vitaminlariga, shuningdek, efir moylari, magniy, kalsiy, fosfor, temir, mis va boshqalarga boydir.
U sho‘rvalar, salatlar, souslar, piroglar, non mahsulotlari, sharbatlar, choy, marinadlar, alkogolsiz va spirtli ichimliklarga qo‘shiladi. Ayniqsa, nordon mahsulotlar bilan uyg‘unlikda yorqin namoyon bo‘ladigan mazali ta’m har qanday taomni yoqimli ohanglar bilan boyitadi.
Shu bilan birga, tarxundan me’yorida foydalanish lozim, chunki uning ustun ta’mi qolgan ta'mlarni shunchaki "bosib qo‘yishi" mumkin.
Tarxun ekstraktlari asosida juda mashhur limonad tayyorlanadi.
Tarxun eng mazali gruzin taomi chakapulining eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir. Ro‘za paytida ushbu taomga go‘sht o‘rniga kartoshka solinadi va tarxun tufayli u juda mazali bo‘ladi.
Ushbu xushbo‘y ko‘kat — tuzsiz parhezga rioya qilishga majbur bo‘lganlar uchun chinakam topilma. Ovqatga tarxun qo‘shilsa, tuzsiz ovqat ancha mazali bo‘ladi.

Odatda tarxun barraligida ishlatiladi, chunki quritilganda uning ta’mi va hidi juda kuchsiz bo‘ladi. Uni uzoq vaqt saqlash yaramaydi.
Agar sharob sirkasi solingan shishaga bir necha tarxun novdasi solinsa, bir oydan so‘ng sirka o‘zgacha ta’mga ega bo‘ladi. Xuddi shu usulda xushbo‘y tarxun moyi va aroq tayyorlanadi.
Ushbu xushbo‘y ko‘kat — tuzsiz parhezga rioya qilishga majbur bo‘lganlar uchun chinakam topilma. Ovqatga tarxun qo‘shilsa, tuzsiz ovqat ancha mazali bo‘ladi.Odatda tarxun barraligida ishlatiladi, chunki quritilganda uning ta’mi va hidi juda kuchsiz bo‘ladi. Uni uzoq vaqt saqlash yaramaydi.
Agar sharob sirkasi solingan shishaga bir necha tarxun novdasi solinsa, bir oydan so‘ng sirka o‘zgacha ta’mga ega bo‘ladi. Xuddi shu usulda xushbo‘y tarxun moyi va aroq tayyorlanadi.
Blenderda 100 ml zaytun moyi, 30 ml oq sharob sirkasi, mayda to‘g‘ralgan 3-4 shoxcha tarxun, ozgina tuz va bir chimdim qalampirni aralashtiring. Bu sousni salatlarga, shuningdek, baliq, go‘sht va sabzavotlardan tayyorlangan taomlarga qo‘shish mumkin.
Izohlar