Tart Taten
3 min. o'qing
Tart Taten

Afsonaga ko‘ra, to‘ntarib pishiriladigan bu g‘alati tartning ixtirosi tasodif bilan bog‘liq. Tart Taten 19-asrda Fransiyada opa-singil Tatenlarning restoran oshxonasida yaratilgan. Opa-singillardan biri olmali pirogga xamir solishni unutib qo‘ygan va uni keyinroq, pishirish paytida qo‘shgan.
Boshqa bir talqinga ko‘ra, tort pechdan olinayotganda ag‘darilib ketgan va uni to‘ntarib qo‘yishga to‘g‘ri kelgan. Bu faqat afsonalar, aslida esa to‘nkarilgan olma yoki nokli pirog pishirish an’anasi Parijdan 200 kilometr uzoqlikdagi Solon hududida bundan oldin ham mavjud bo‘lgan, retsept asrlar davomida onadan qiziga og‘zaki ravishda o‘tib kelgan. Opa-singil Tatenlarning mehmonxona-restorani tufayli pirojniy mashhur bo‘ldi va bugungi kungacha qandolatchilar uchun ilhom manbai bo‘lib qolmoqda.
Barcha dohiyona narsalar oddiy — Taten tarti haqida rostdan ham shunday deyilgan. Hamma uyda bor bo‘lgan juda oddiy masalliqlardan biz noyob, betakror ta’m, karamelda erigan olma va qarsildoq xamir olamiz.
Xamir (pâte sablée)
|
Karamel

- 100 г сары май
- Бір қалам тұз
- 75 г қант ұнтағы
- 220 г ұн
- 2 г қопсытқыш
- 1 жұмыртқа
Karamel
- 200 gr shakar
- 100 gr sariyog‘
- 1, 2 kg nordon olma.
Sariyog‘ni bug‘ hammomida eritib, bir chimdim tuz solamiz, biroz sovutib, shakar upasi bilan aralashtiramiz, ko‘pirtirib, un + pishiriq upasi solib, yog‘och qoshiq bilan aralashtiramiz. 1 ta chala ko‘pirtirilgan tuxum qo‘shib, massani ish stoliga olib qo‘yamiz va bir xil tarkibli xamir qorib, oshxona qopchasiga o‘rab, sovutgichga qo'yib 1 soat tindiramiz.
Duxovkani 160 darajagacha qizdiramiz.
Pishirish uchun bizga cho‘yan tova yoki kastrul kerak bo‘ladi, unda quruq karamel ham tayyorlaymiz. Agar sizda cho‘yan tova bo‘lmasa, karamelni oddiy kastrulda pishirib, pishirish qolipiga quyishingiz mumkin (qolip yechilmaydigan bo‘lgani ma’qul yoki folga bilan o‘rash mumkin) va unda pirogni yig‘ishni davom ettiramiz.
Sariyog‘ kubik shaklida to‘g‘raladi va xona haroratida qoldiriladi. Tovani qizdirib, ustiga shakar soling va eriguncha tegmay kutib turing, xalaqit bermang. Shakar erib, qaynay boshlagach, yog‘och qoshiq bilan aralashtirib, karamelni kerakli rangga keltiring va unga sariyog‘ bo‘laklarini tashlang. Olovdan olib, venchik bilan yaxshilab aralashtiriladi, shunda sariyog‘ to‘liq erib ketadi.
Bir xil kattalikdagi olmalarni tanlab, o‘zagini chiqarib oling, po‘stini archib, 4 bo‘lakka bo‘ling. Dumaloqlangan tomondan karamellarga yoyib chiqing, bo‘sh joy qoldirmaslikka harakat qiling, agar kastrul kichik bo‘lsa, 2 qavat qilib terishingiz mumkin. 40 daqiqa davomida pishiramiz.
Xamirni sovutgichdan olib, un yordamida tort pishiriladigan tova yoki kastrul o‘lchamiga moslab yoying. Xamirni sanchqi bilan teshib, duxovkadan olmali tovani olib, ustiga xamir qo‘yib, burchaklarini o‘rab chiqamiz. Harorat 200 darajaga ko‘tarilib, 20-30 daqiqa yoki xamir qizarguncha pishiriladi.
Issiq pishirilgan tartni patnis yoki likopchaga ko'chiring — tovani likopcha bilan yoping va ikkala tomondan mahkam ushlab, to‘ntaring. Tatr Taten iliq holda, ko‘pirtirilgan qaymoq yoki muzqaymoq bilan dasturxonga tortiladi.
Nino Megrelidze
Muallif:
Nino Megrelidze
Izohlar