Taomlarga lazzat baxsh etuvchi katta sir.
2 min. o'qing
Taomlarga lazzat baxsh etuvchi katta sir.

Professional oshxonada men mineral suvga faqat ichimlik deb qarashni ancha oldin bas qilganman — men uchun u to‘laqonli pazandalik masallig‘idir. U hatto eng oddiy mahsulotlar ta’mi va tuzilishini ham o‘zgartirishga qodir o‘zgacha xususiyatga ega.
Masalan, yaxna Borjomi suvi pishloq va dengiz mahsulotlari uchun qarsildoq talqon tayyorlashda ayni muddaodir. Tabiiy gazlanganligi tufayli talqon yengil, havodor va nihoyatda qarsildoq bo'lib chiqadi.
Bundan tashqari, kotlet yoki kabob qiymasiga qo‘shilgan mineral suv go‘shtning tabiiy ta’mini saqlab, uni yanada mayin va sershira qiladi. Souslar va uy sharoitida tayyorlangan gazaklarga oz miqdorda mineral suv qo‘shilsa, ta’mga tarovat baxsh etadi, yog‘lilik hissini kamaytiradi va sabzavotlar xushbo'yligini yorqinroq qiladi.
O‘z oshxonamda ham taom tayyorlashda mineral suvdan faol masalliq sifatida foydalanaman. Borjomi suvi qarsildoq talqonni yanada yengil va havodor qiladi, go‘shtli qiymalarga qo‘shimcha mayinlik baxsh etadi hamda souslarning ta’mi va yog‘liligini me’yorlashtirishga yordam beradi.
Men uchun bu kundalik taomlarni yengilroq, tarovatli va mazaliroq qilishning oddiy va qulay usulidir.
Muallif:
Halil Nergiz
Izohlar