Superfudlar
3 min. o'qing
Superfudlar

Superfudlar nima?
"Superfudlar" — yangi joriy etilgan atama bo‘lib, tarkibida ko‘p miqdorda vitaminlar, minerallar, antioksidantlar bo‘lgan mahsulotlarni birlashtiradi. Bu yaxshi immunitet, yurak-qon tomir kasalliklari va o‘smalarning oldini olish demakdir. Muntazam mashqlar va muvozanatlashtirilgan ovqatlanish bilan bir qatorda, "superfudlar" mo‘jizalar yaratishi mumkin.
Ro‘yxat aytarli darajada uzun, bugun ulardan bir nechtasini ko‘rib chiqamiz.
Matcha choyi tarkibida oddiy ko‘k choyga nisbatan o‘n barobar ko‘proq antioksidantlar bor. U bir vaqtning o‘zida modda almashinuvini tezlashtiradi va kaloriyalarni yoqadi. Eng so‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, matcha ichish orqali qo‘shimcha ravishda 10% dan 40% gacha kaloriya yo‘qotish mumkin ekan. Tananing jismoniy chidamliligi 24% ga oshadi.
Matcha deyarli kaloriyasiz. U detoks uchun samarali hisoblanadi. Ong va tanani tinchlantiradi, shu bilan birga kayfiyatni ko‘taradi, quvvat beradi, diqqatni jamlashga yordam beradi. Matcha turli ichimliklar va shirinliklarda tarkibiy qism sifatida qo‘llaniladi.
Avokado yer yuzidagi eng foydali mevalardan biri bo‘lib, tarkibida ko‘plab zarur ozuqa moddalari mavjud. Foydali yog‘larga boy, bu xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi. Vazn yo‘qotishda tengsiz mahsulot. Undan mazali guakamole tayyorlash, salat yoki sendvichlar uchun masalliq sifatida foydalanish mumkin.
Quruqmevalar — mayiz, olxo‘ri, xurmo va boshqalar shakarsiz bo‘lishi muhim, bunday holda ularning foydasi juda katta, chunki ular konsentrlangan holda ko‘plab foydali oziq-ovqat moddalarini o‘z ichiga oladi. Goji rezavorlari — kletchatkaga boy, tarkibidagi C vitamini tufayli immunitetni mustahkamlaydi. Temir va fosfor qabul qilish uchun eng yaxshi manba.
Yong‘oq va urug‘lar: yong‘oq, o‘rmon yong‘og‘i, yeryong‘oq, bodom, keshyu. Kungaboqar, qovoq, zig‘ir, chia urug‘lari... Kletchatka va organizm uchun zarur bo‘lgan yog‘lar, o‘simlik oqsillariga boy bo‘lib, ovqatlanishlar orasida iste’mol qilish uchun juda mos keladi.
Qora shokolad — tarkibida kamida 70% kakao bo‘lgan mukammal desert bo‘lib, uni hatto ozish paytida ham iste’mol qilish mumkin. Kuniga 60 gr qora shokolad iste’mol qilish kognitiv funksiyalarni, xotirani yaxshilaydi va kayfiyatga eng ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Mukammal desert
"Superfudlar"ga boy kuch-quvvat plitkasini osongina tayyorlash mumkin, u transportda tashishga bardoshli, kattalar va bolalar uchun eng maqbul mazali taomdir. Tayyorlash uchun sizga kerak bo‘ladi:
- 300 gr xurmo
- 120 gr bodom
- 20 gr kokos qirindisi
- 80 gr qovoq eti
- 40 gr godji
- 40 gr maydalangan zig‘ir
- 20 gr xom kakao
- 20 gr chia
- 20 gr kakao donalari
- 10 gr kokos moyi
- ⅓ ch.q. Himolay tuzi
- 130 gr qora shokolad
Shokoladdan tashqari barcha masalliqlarni fud-protsessorga solib, yopishqoq massa hosil qilish uchun bir necha qoshiq suv qo‘shish kerak.
To‘rtburchak yoki dumaloq shaklda pishirish qog‘ozini to'shang, hosil bo‘lgan massani qayta joylashtiring va yaxshilab zichlang. Shokoladni bug‘ hammomida yoki mikroto‘lqinli pechda eritib oling.
Xurmo plitkasiga quying, qoshiq bilan tekislang, bezak uchun kerakli masalliqlarni seping. Sovutgichda bir necha soat davomida sovutib, so‘ngra kerakli bo‘laklarga bo‘ling.
Muallif:
Nino Megrelidze
Izohlar