Rojdestvo shtolleni
3 min. o'qing
Rojdestvo shtolleni

Rojdestvo shtollenining tarixi 700 yilga borib taqaladi.
Bu barcha nemis oilalarida bayram dasturxonlarida taqdim etilgan xamirturushda pishirilgan shirin non bo‘lib, unda ko‘plab tsukatlar, yong‘oqlar va ziravorlar mavjud. Shtollenni Rojdestvodan 2-3 hafta oldin pishiridilar, keyin yaxshiroq tuzilish va hid olish uchun qadoqlanadi va bayramgacha saqlanadi.
An’anaviy shtollen tayyorlash umuman qiyin emas, masalliqlarni g‘amlab oling va bizning retseptimizga amal qiling.
Sizga kerak bo‘ladi: 1 stakan sut 3 ch.l. faol quruq xamirturush ½ stakan shakar 4 stakan un 1 ta tuxum 2 ta tuxun sarig'i 170 g xona haroratidagi sariyog‘ 1 osh q. vanil ekstrakti 1 ta limon po‘sti 1/3 ch. q. tuz |
¾ ch. q. maydalangan muskat yong‘og‘ Pishirgandan keyin: |
Rojdestvo shtollenining tarixi 700 yilga borib taqaladi.
Bu barcha nemis oilalarida bayram dasturxonlarida taqdim etilgan xamirturushda pishirilgan shirin non bo‘lib, unda ko‘plab tsukatlar, yong‘oqlar va ziravorlar mavjud. Shtollenni Rojdestvodan 2-3 hafta oldin pishiridilar, keyin yaxshiroq tuzilish va hid olish uchun qadoqlanadi va bayramgacha saqlanadi.
An’anaviy shtollen tayyorlash umuman qiyin emas, masalliqlarni g‘amlab oling va bizning retseptimizga amal qiling.
Sizga kerak bo‘ladi:
1 stakan sut
3 ch.l. faol quruq xamirturush
½ stakan shakar
4 stakan un
1 ta tuxum
2 ta tuxun sarig'i
170 g xona haroratidagi sariyog‘
1 osh q. vanil ekstrakti
1 ta limon po‘sti
1/3 ch. q. tuz
¾ ch. q. maydalangan muskat yong‘og‘
¾ ch. q. kardamon
¾ ch. q. dolchin kukuni
1 stakan mayiz
1 stakan sitrusli tsukatlar
⅓ stakan kesilgan bodom
½ stakan qora rom
o‘rtacha miqdorda un
Pishirgandan keyin:
100 g sariyog‘
150 g shakar upasi
Idishga mayiz va tsukat solib, ustidan rom quying va bir necha soatga yoki bir kechaga qoldiring.
Sutni isiting, 2 osh qoshiq shakar va xamirturush qo‘shing, aralashtiring va fermentatsiya uchun 10-15 daqiqaga qoldiring.
Qolgan shakar, un, tuz, barcha ziravorlar, limon po‘stloq, yumshatilgan sariyog‘ va tuxumni idishga soling. Qoshiq bilan aralashtirib, sutni asta-sekin quying. Massa yopishgandan so‘ng, un sepilgan yuzaga qo‘ying va 8-10 daqiqa davomida xamir qoring (mikser yordamida - 5-7 daqiqa).
Idishga kungaboqar yog‘i surtib, xamir bo‘lagini soling va ustini plyonka bilan mahkam yoping. Issiq joyga kamida 1 soatga yoki hajmi ikki baravar oshguncha qo‘ying.
Duxovkada bodomni 180 darajada 10 daqiqa davomida quriting.Mayizni suzib, xamirga qo‘shing va qaytadan xamir qoring, kerak bo‘lsa un qo‘shing. Bodom qo‘shing.
Xamirni 2 ta teng bo‘lakka bo‘ling. Ozgina yoyib, buklang va oval shakliga keltiring. Duxovka patnisiga qo‘yib, ustiga plyonka yopib, xamir ko‘tarilishi uchun 40-50 daqiqaga qoldiring.
Duxovkani 180 darajagacha qizdiring. 30-40 daqiqa davomida pishiring. Sariyog‘ yaxshi singishi uchun yog‘och tayoqcha bilan pishgan issiq shtollenning bir necha joyini teshing va darhol shakar upasi seping. Sovushi uchun qoldiring.
Shtollen pishirilgandan so‘ng darhol iste’mol qilinishi yoki 2-3 hafta davomida salqin joyda saqlanishi mumkin. Bunday holda, uni plastik yoki folgaga mahkam o‘rang. Yetilgan shtollenning ta’mi kuchliroq, teksturasi namroq bo‘ladi.
Muzlatgichda 1 oygacha saqlanadi.
Muallif:
Nino Megrelidze
Izohlar