Quruq mevalar (Meva qoqilar)
2 min. o'qing
Quruq mevalar (Meva qoqilar)

Quritilgan mevalarni tayyorlash an’anasi deyarli har bir mamlakatda mavjud.
Qadim zamonlardan beri mevalarni qishga saqlashning eng oson usuli ularni quritish bo‘lib kelgan, shu bilan birga sovuq mavsum uchun eng yaxshi vitaminlar ombori ham bo‘lgan.
"Ushbu mahsulotni tayyorlash texnologiyasi yillar davomida takomillashib, yangi cho'qqilarga ko‘tarildi.
"Ushbu mahsulotni tayyorlash texnologiyasi yillar davomida takomillashib, yangi cho'qqilarga ko‘tarildi.
Quritish uchun eng ommabop mevalar bu olxo‘ri, o‘rik, uzum, olma, anjir, xurmo va boshqalardir. Gruziyaning Mesxet va Javaxet tumanlarida hatto tut ham quritiladi. Quritilgan mevalar palovda, shuningdek, pishiriqlar va go‘shtli taomlarda ishlatiladi.
Quritishning asosiy usuli mevalarni ko‘chaga, soyaga qo‘yishdir. Ba’zi mamlakatlarda odamlar mevalarni issiq qumda ham quritadilar. Quritish uchun maxsus elektr qurilmalari ham mavjud.
Gruziyada odamlar mevalarni "tone" (maxsus gruzin pechi)da quritishgan. Gruzincha quritilgan tansiq taomlar — bu uzum sharbatiga botirilgan quritilgan olxo‘ri va anjir, shuningdek, yong‘oq bilan to‘ldirilgan shaftoli va xurmo. Yong‘oq masalliqli quritilgan shaftoli — Armanistonda an’anaviy yegulik bo'lib u maxsus ishlov berishni talab etadi.
Quritilgan sabzavotlar nisbatar kamroq urf bo'lgan, ammo ular mazali va foydali ekanligi bilan mashhurdir. Biz baqlajon, loviya, pomidorlarni quritishimiz mumkin.
Quritilgan pomidor ko‘pincha italyan oshxonasida ishlatiladi, bu yerda quritilgan pomidor sarimsoq bilan ziravorlangan zaytun yog‘ida saqlanadi. Pomidor, shuningdek, turli xil salatlar va taomlar tarkibiga kiradi.
Kaxetiyaliklarda pomidorni quritish retseptlari bo‘lgan. Ular zig‘ir tolasidan to‘qilgan xaltachalarda saqlanib, turli taomlarga qo‘shib iste’mol qilingan. Oxir-oqibat, an’ana yo‘q bo‘lib ketdi.
Meva va sabzavotlarni quruq salqin joyda saqlash kerak. Nam havoda quritishdan saqlaning, chunki mevalaringiz mog‘orlab ketishi mumkin.
Izohlar