Qishni qarshi olish uchun mahsulot
3 min. o'qing
Qishni qarshi olish uchun mahsulot

Sovuq tushishi ortidan terimiz ham o‘ziga xos parvarishga muhtoj bo‘ladi. Tashqi parvarish vositalaridan tashqari, terimiz salomatligi va yoshligi uchun zarur vitamin va minerallarni oziq-ovqatdan olish muhim.
Ushbu beshta mahsulot yozda jazirama quyosh nurlaridan keyin terining holatini yaxshilashga, shuningdek, qishning sovuq kunlariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi.
Sovuq tushishi ortidan terimiz ham o‘ziga xos parvarishga muhtoj bo‘ladi. Tashqi parvarish vositalaridan tashqari, terimiz salomatligi va yoshligi uchun zarur vitamin va minerallarni oziq-ovqatdan olish muhim.
Ushbu beshta mahsulot yozda jazirama quyosh nurlaridan keyin terining holatini yaxshilashga, shuningdek, qishning sovuq kunlariga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi.
Olma yallig‘lanishga qarshi kuchli vositadir, qadimgi ingliz maqoli — kuniga 1 ta olma shifokorga tashrifning oldini oladi — bu aslo mubolag‘a emas. Olma kletchatkaga boy, shuning uchun sog‘lom ovqat hazm qilish tizimining asosi bo‘lgan qimmatbaho kletchatkani yo‘qotmaslik uchun uni sharbat shaklida emas, balki o'zini shundayligicha iste’mol qilish muhimdir.
Olma po‘stlog‘ida inson terisiga ultrabinafsha nurlari yetkazadigan zararni neytrallashtiruvchi pigment mavjud va uning tarkibidagi ozuqa moddalari melanin hosil bo‘lishida ishtirok etadi — melanin esa terimizni quyosh nurlaridan himoya qiladi. Kuniga 1 dona olma — bu qish oldi mavsumida, viruslar mavsumida juda muhim bo‘lgan C vitamini tufayli immunitetni kuchaytiruvchi vositadir.
Zanjabildan pazandachilik va tibbiyot maqsadlarida foydalanish tarixi ko‘p asrlarga borib taqaladi. Zanjabil yallig‘lanishga qarshi kuchli xususiyatga ega, shuning uchun u limon va asal bilan bir qatorda shamollashda yengillashtiruvchi vosita hisoblanadi. Shu bilan birga, u teri holatini yaxshilash va bir qator kasalliklarning oldini olish uchun zarur bo‘lgan antioksidantlarga boy. Zanjabil qon aylanishini va hujayralar almashinuvi jarayonini tezlashtiradi, ozuqa moddalarini butun tana bo‘ylab tarqatadi, toksinlarni chiqarib tashlashga yordam beradi, bu esa sog‘lom va parvarishlangan terining asosiy shartidir.
Keyl "superfud" bo‘lib, eng foydali sabzavot hisoblanadi. K vitaminiga boy bo‘lgan bu karam turi ko‘plab foydali jarayonlarda ishtirok etadi, yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega, shuningdek, terimizni tabiiy ravishda ultrabinafsha nurlari ta’siridan himoya qiladigan karotinoidlarni o‘z ichiga oladi, bu esa terining qarish jarayonlarini sekinlashtiradi.
Yong‘oq — omega-3 ga boy o‘simlik mahsuloti kuniga 1 hovuch yong‘oq bizga terining silliqligini saqlashga yordam beradi, tanada ozuqa moddalarining bir tekis taqsimlanishi uchun zarur bo‘lgan qon aylanishini yaxshilaydi, terini ultrabinafsha nurlanishidan himoya qiladi va bundan shikastlangan terini davolaydi.
Ma’lumki, apelsin va limon C vitaminining manbai bo‘lib, u immun tizimini mustahkamlash bilan bir qatorda kollagen hosil bo‘lishida ishtirok etadiб terimizning elastikligi esa kollagenga bog‘liq. 1 stakan sitrus sharbati C vitaminining kunlik dozasini o‘z ichiga oladi.
Muallif:
Nino Megrelidze
Izohlar









