Qandolatchi uchun Top-5 ta zarur buyumlar
1 min. o'qing
Qandolatchi uchun Top-5 ta zarur buyumlar

Biz hammamiz uyda mavjud bo‘lgan masalliqlardan yoki umuman o‘z fantaziyamiz qanotida pirog va pechenyelarni "ko‘z chamalab" tayyorlashimiz kerak edi. Professional oshxonada esa holat butunlay boshqacha. Qandolatchilik katta aniqlikni talab qiladi, barcha retseptlar grammgacha aniqlikda tuzilgan va ularga qat’iy rioya qilish kerak. Shuning uchun ham qandolatchining ishini tarozisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Shokoladni haroratlashda, karamel yoki krem-muss tayyorlashda haroratni nazorat qilish muhim ahamiyatga ega, uning hatto bir darajaga o‘zgarishi ayanchli natijalarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun termometr oshxonada, ayniqsa, qandolatchi uchun juda kerakli buyum.

Qandolatchining ish stolida siz, albatta, turli xil materiallardan tayyorlangan turli o‘lchamdagi spatulalarni topasiz — aralashtirish uchun silikon spatulalar, biskvit xamiri yoki kremni taqsimlash va tekislash uchun metall spatulalar. Ularning barchasi o‘z vazifasiga ega va shirinliklar tayyorlash jarayonida muhim rol o‘ynaydi.
Qandolat qopchasi va bezak uchun uchliklar to‘plami — bu qandolatchilar biz uchun nafaqat mazali, balki mukammal bezatilgan shirinliklar tayyorlab beradigan vositalardir. Biroq, shirinliklar tayyorlash uchun qandolatchilik anjomlaridan tashqari, saranjomlik va aniqlik ham talab etiladi.
Agar yoyish uchun o‘qlov va xamir kesish uchun pichoq bo‘lmaganida, biz kruassan, sinnabon, pechene va boshqa ko‘plab sevimli shirinliklarni tanovul qila olmasdik.
Agar siz oshxonadagi faoliyatingizni "ko‘z chamalab" tayyorlangan shirinliklarga nisbatan yangi bosqichga ko‘tarishni va yanada murakkab retseptlarni o‘zlashtirishni istasangiz, sizga albatta qandolatchi uchun Top-5 ta zarur buyumlar kerak bo‘ladi.
Izohlar