Pitsa xamiri uchun 5 ta g‘oya

3 min. o'qing

Pitsa xamiri uchun 5 ta g‘oya

3 min. o'qing

Pitsa xamiri uchun 5 ta g‘oya

Agar sovutgichda pitsa xamiri bo‘lsa, siz har doim o‘zigacha taom tayyorlashingiz mumkin.

Fokachcha — bu italyan nonining turlaridan biri bo‘lib, u appetayzer sifatida yoki sendvichlar uchun ishlatiladi, ko‘pincha rozmarin yoki sarimsoq bilan pishiriladi. So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda mashhur bo‘lgan fokkachchi art-muhlislari turli xil sabzavotlardan tayyorlangan manzara va natyurmortlarni tasvirlamoqdalar.

An’anaga ko‘ra, pitsani dumaloq shaklda pishiradilar. Eng birinchi talqin — Neapol pitsasi faqat xamir, pomidor, pishloq va rayhondan va albatta, zaytun yog‘idan tayyorlangan. Usiz pitsa xamirini hech narsa qilib bo‘lmaydi. Pitsa uy sharoitida 220 darajagacha qizdirilgan pechda yuqori haroratda pishiriladi. Motsarella o'rniga doimo suluguni, rayhonni o'rniga esa reganni ishlatish mumkin.

uploads/32-fokacha-08312e5e.jpg
uploads/32-kalcone-51e42dc8.jpg
uploads/32-neapolitan-0952decf.jpg
uploads/32-panzeroti-d4129a73.jpg
uploads/32-stromboli-5b7006a7.jpg

Kalsone — Neapoldan kelib chiqqan yopiq pitsa bo‘lib, u pitsa uchun ishlatiladigan masalliqlardan tayyorlanadi. Farqi shundaki, kalsoneda yanada ko‘proq pishloq va sabzavotlar mavjud. Unga ko‘pincha ismaloq, rikotta, pekorino va parmezan ham qo‘shiladi

Rikottoning yaxshi muqobili — gruzin nadugisidir.

Panserotto — kalsonga juda o‘xshaydi, faqat bitta farqi bor — u pechda emas, tovada pishiriladi.

Stromboli — bu fmerikancha taom bo‘lsa-da, italyanlar tomonidan taqdim etilgan va odatiy italyan mahsulotlaridan tayyorlangan. Motsarella, salyami, pomidor sousi pitsa xamirida ruletga o‘ralgan. Pishgandan so‘ng 1-2 sm li bo‘laklarga bo‘linadi, juda mazali.

Pitsa xamiri uchun sizga kerak bo‘ladi:

500 gr bug‘doy uni
½ ch.q. tuz
10 gr tez ta’sir etuvchi xamirturush
2 ch.q. shakar
4 osh qoshiq zaytun yog'i
300 ml iliq suv

Quruq masalliqlarni idishda aralashtiring, yog‘ni iliq suvga quying. Unni chuqurcha qiling va yog‘li suvni quying, xamirni qo‘lda yoki robot-aralashtirgich (ilgakli kallak) yordamida qorishni boshlang.

Xamir yaltiroq bo‘lishi va qo‘lga yopishmasligi kerak. Ozgina yog‘ surtib, katta idishga soling, ustini salfetka bilan yoping va darhol xamir ishlatmoqchi bo‘lsangiz, 1-2 soatga issiq joyga qo‘ying.

Garchi pitsa xamiri uchun eng maqbul shart-sharoit — sovutgichda sekin fermentatsiya: xona haroratida 15 daqiqa davomida aralashtirilgandan so‘ng, keyin butun tun davomida sovutgichga qo‘yiladi. Tayyor bo‘lishidan 2 soat oldin xamirni olib, xona haroratigacha isiting. Tayyor bo‘lgandan so‘ng 24 soat ichida ishlatishga harakat qiling yoki darhol muzlatib qo‘ying: pishiriq qog‘oziga qismlarga bo‘lib-bo‘lib qo‘ying va muzlatgichga 5-6 kunga qo‘ying.

Ushbu xamir miqdoridan 4 ta o‘rtacha pitsa yoki 2 ta fkkachchi tayyorlash mumkin.


Muallif:

Nino Megrelidze

Izohlar