Pazandachilik ishqibozlari uchun filmlar

2 min. o'qing

Pazandachilik ishqibozlari uchun filmlar

2 min. o'qing

Pazandachilik ishqibozlari uchun filmlar

Birinchi navbatda, popkorn g‘amlab olish kerak

— chuqur tova yoki kastryulkaga 1 ch.q. kungaboqar yog‘i quying, popkorn uchun 1 hovuch makkajo‘xori seping, ozgina tuz seping va qopqog‘ini mahkam yoping. O‘rtacha olovga qo‘ying. Barcha donlar yorilmaguncha qopqoqni ochmang. 2-3 daqiqada popkorn tayyor bo‘ladi!

Yoki mikroto‘lqinli pech uchun maxsus popkorn qadog‘ini sotib oling va ko‘rsatmalarga amal qiling. Xuddi shu makkajo‘xorini kastrulda pishirish mumkin bo‘lsa-da, yuqorida sizlarni tanishtirgan usul bo‘yicha, yog‘ qo‘shmasdan tayyorlanadi.

Popkorn bor, keling, endi film tanlaymiz.

"Juli va Juliya" - Gollivud komediyasi bo‘lib, oshpazlik ishqibozlarini befarq qoldirmaydi.  Film Nyu-Yorklik yosh bloger Juliya haqida bo‘lib, u bir yil davomida mashhur oshpaz Juliya Chayldning kitobi asosida har kuni taom tayyorlashga, blog o‘quvchilari bilan tajriba almashishga va yozuvchi bo‘lishga qaror qilgan. Betakror Meril Strip esa 50-yillarda Juliya Child rolida yangi kasbni egallashga, fransuz oshpazlik hamjamiyatida o‘z o‘rnini mustahkamlashga va amerikalik uy bekalari uchun o‘zining birinchi kitobini nashr etishga harakat qiladi. Butun bir davrni ajratib turadigan ikki ayol o‘rtasida ko‘plab o‘xshashliklar bor — hayotni tubdan o‘zgartirish istagi va pazandalikka bo‘lgan muhabbat.

"Rezervatsiyasiz" — Ketrin Zeta Jons ishtirokidagi romantik komediya. Keyt — Manxettendagi mashhur restoranning bosh-oshpazi. Uning mukammal shakllangan hayotida kutilmaganda 9 yoshli jiyani (opasining qizi) Zoi va ekssentrik su-shef Nik paydo bo‘ladi. Keyt yangi voqelikka moslashishi, onasining o‘limi tufayli xolasinikiga ko‘chib o‘tgan Zoining qalbini zabt etishi va Nikka nisbatan his-tuyg‘ulari borligini tan olishi kerak.

Filmning asosiy motivi Keytning oq tryufel sousidagi yovvoyi qo‘ziqorinlar kabi nozik taomlarining xushbo‘y hidi va Nikning ishtahaochar lazzatli yeguliklari.

Film uchun retseptlarini Fransiyaning Oshpazlik instituti ishlab chiqqan. Agar filmni tomosha qilgandan so‘ng oshxonada mo'jiza ko'rsatmoqchi bo‘lsangiz, ularni Netda topishingiz mumkin.

"Shohona dasturxon" — Netflix hujjatli seriali. Olti fasl va 30 qism dunyodagi eng mashhur oshpazlar haqida hikoya qiladi. Har bir epizod ma’lum bir oshpaz, uning o‘ziga xos qarashlari, iste’dodi, ijodkorligi va hayot yo‘liga bag‘ishlangan. Serialni ko‘rib, oshpazlik tanlangan insonlar tomonidan yaratiladigan san’at ekanligiga amin bo‘lasiz.


Muallif:

Nino Megrelidze

Izohlar