Oshpazlik terapiyasi

1 min. o'qing

Oshpazlik terapiyasi

1 min. o'qing

Oshpazlik terapiyasi

O‘zingiz tayyorlashingiz kerak bo‘lgan mazali kechki ovqat kabi boshqa hech narsa baroridan kelmagan kun nihoyasida kayfiyatingizni o‘zgartira olmaydi. Ha, bu to‘g‘ri, psixologlar oshpazlik ikki tomonlama ta’sir — qiziqarli jarayon va mazali natija bilan yengillab olishning eng yaxshi usuli ekanligini e'tirof etadilar.

Bugungi kunda oshpazlik terapiyasi depressiya, stress va xavotirni davolashning keng tarqalgan usuli hisoblanadi. Shifokorlar ko‘pincha beqaror, tartibsiz hayot kechirayotgan bemorlarga nisbatan ushbu usulni qo‘llashadi. Taom tayyorlash jarayoni salbiy fikrlarni yo‘qotadi, diqqatni jamlash qobiliyatini oshiradi. Masalliqlarni o‘lchash, jarayonni boshqarish va ovqat pishirishga e’tibor qaratish bemorlarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi.



Bu jarayon meditatsiyaga juda o‘xshaydi, faqat bitta farqi bor — oshpazlik terapiyasi mazali mukofot bilan birga keladi.

Og'ir ish kunidan keyin, qo‘l ostidagi masalliqlardan tayyorlanadigan har qanday oddiy taom, stressli voqelikdan biroz bo‘lsa ham chalg‘itadi. Agar siz boshqa yana kimdir bilan ovqat ulashsangiz, do‘stlaringiz yoki oilangizning boshqa a’zolaridan ijobiy fikr-mulohazalar olsangiz, muloqotga kirishsangiz, his-tuyg‘ularingizni baham ko‘rsangiz,  demak, albatta, kayfiyatingiz ko‘tariladi.

Kreativlik kundalik hayotda juda muhim, olimlarning ta’kidlashicha, bu bizga yanada baxtli va erkin bo‘lishga yordam beradi. Ehtimol, sizning kasbingiz ijodiy jarayonni butunlay istisno qiladi, aynan shu yerda sizga pazandachilik yordam beradi, zero oshxona ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish uchun eng maqbul joy. Yangi kashfiyotlar, o‘ylab topilgan taomlar va shirinliklar, oshxonadagi kundalik kichik yutuqlar yanada ijobiy, o‘ziga ishongan va baxtli bo‘lishga yordam beradi — tadqiqotlar buni tasdiqlaydi.




Izohlar