Nok

1 min. o'qing

Nok

1 min. o'qing

Nok
Nok shirinligi bilan ajralib turadigan meva.

 Nok tarkibidagi shakarning ulushi nisbatan yuqorli darajada, ammo glyukozaning o'rniga u organizm tomonidan qayta ishlanishi ancha oson bo‘lgan fruktozani o‘z ichiga oladi. Shuning uchun nok parhez mahsulot hisoblanadi.

Nok tarkibida ko‘p miqdorda A, V1, V2, Ye, R, RR, C vitaminlari, karotin, foliy kislota, katexin, azot moddalari, pektin, mineral tuzli temirlar, marganes, yod, kobalt, kalsiy va boshqa ko‘plab moddalar mavjud.

Nokda shunday efir moylari borki, ular organizmning immunitetini mustahkamlaydi va kasalliklarga qarshi kurashishga yordam beradi. Nok depressiyada ham yordam beradi degan fikr bor.

Tarkibida temir moddasi bo‘lgani sababli nok bosh aylanishi, charchoq, jismoniy zo‘riqishda va ishtahani ochish uchun tavsiya etiladi.


Izohlar