Nima uchun go‘sht pishirishda shoshilmaslik kerak?
2 min. o'qing
Nima uchun go‘sht pishirishda shoshilmaslik kerak?

Uy sharoitida pishirishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan xatolardan biri — go‘shtni muzlatkichdan oliboq uni pishirishga kirishishdir. Sovuq mahsulot notekis qiziydi: sirti qizarib, qobiq hosil bo‘lgani bilan, uning ichi haddan ziyod sovuqligicha qolaveradi. Natijada go‘shtni to'g'ri qovurilishiga erishish va uning sersuvligini saqlab qolish qiyinlashadi.
Go‘shtni qovurishdan oldin uni 20–30 daqiqa xona haroratida qoldirishni tavsiya qilaman. Shu vaqt ichida mahsulotning harorati bir me’yorga keladi va go‘sht bir tekis pishadi. Qovurib bo‘lgach, uni “tindirish” ham nihoyatda muhimdir. Agar steyk yoki toblab pishirilgan go‘sht bo‘lagini darhol kessangiz, shiraning asosiy qismi likopchaga oqib ketadi.
Pishgandan so‘ng shiralari ichiga bir tekis singishi uchun go‘shtning 5–10 daqiqa tinishi kifoya. Bu maxsus mahorat talab qilmaydigan oddiy usul bo‘lib, taomning ta’mi va mazasiga sezilarli darajada ta’sir qiladi.
Muallif:
Олег Петриченко
Izohlar