Nadugi

2 min. o'qing

Nadugi

2 min. o'qing

Nadugi
Nadugi — achigan sut asosida olinadigan mahsulot. 

Achigan sut yoki tvorog mayda elakka ag‘dariladi, shunda ortiqcha suyuqlik chiqarib tashlanadi. Mahsulot butun Gruziyada mashhur, ammo g‘arbiy Gruziya oshxonasi eng ko‘p miqdordagi nadugili taomlari bilan mashhur.

Samegrelo viloyatida, G‘arbiy Gruziyaning boshqa hududlaridagi kabi, nadugini yalpiz bilan birga suluguni pishlog‘ining yupqa bo‘laklari ustiga qo‘yib tortishadi. Ajariyada esa nadugini sinor deb ataladigan xamirturushsiz yupqa xamirga o‘rab, ozgina suv qo‘shib tovada dimlab pishirishadi. Bu qo‘lbola quymoqlarning qatlamlari ustiga keyinchalik matsoni, nadugi va sarimsoq surtilib, eritilgan sariyog‘ qo‘shiladi va pechda pishiriladi.

Ajar qurutlari ham nadugidan tayyorlanadi. Uning ta’mi dambali-xachoning pishlog‘i va tushet gudasiga o‘xshaydi. Elakka tashlab qo‘yilgan qatiq massasidan kichik-kichik sharchalar yasaladi va oftobda quritiladi.



Nadugi — xinkali uchun ajoyib to'ldirma bo‘lib, pishiriqlar tayyorlashda ham keng qo‘llaniladi. Bu mahsulot bemalol tvorogni o'rnini bosishi mumkin, shunchaki u u qadar nordon emas. Agar ikkala tarkibiy qism aralashtirilsa, nadugi tvorog kislotasini kesadi.

Nadugi va smetanadan nihoyatda mazali desert tayyorlash mumkin. Ular aralashtiriladi va bir xil massa hosil bo‘lguncha ko‘pirtiriladi; qovurilgan yong‘oq, mayiz, quritilgan mevalar va sukatlar qo‘shiladi, so‘ngra ko‘p miqdorda asal quyiladi. Bu mazali, ammo juda kaloriyali — bunday desertni kichik miqdorlarda berish va iste’mol qilgandan so‘ng bir shisha "Borjomi" buyurish ayni muddo bo'ladi.

Shifokorlar nadugini suiste'mol qilmaslikni tavsiya qiladilar, faqat maxsus holatlarda, zero  mahsulot oqsilga boy va qiyin hazm bo‘ladi.

Izohlar